Olis qishloqlarga o‘quv qurollari ko‘chma maktab do‘konlari orqali yetkazib berilmoqda

Jizzax viloyatida 2017-2018 o‘quv yilida 540 umumta’lim maktabida 207 ming 600 dan ziyod o‘quvchi ta’lim oladi. Ayni kunlarda ana shu o‘quvchilar sonidan kelib chiqib tashkil etilgan maktab bozori va yarmarkalarida 26 turdagi o‘quv anjomlari sotilmoqda.

Viloyat va tuman markazlaridagi bozorlardan tashqari, qishloqlarda aholiga qulay bo‘lgan ta’lim muassasalarida maktab yarmarkasi, olis hududlarda maktab do‘konlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Forish tumanidagi olis va aholi siyrak joylashgan «Arnasoy», «Darvoza», «Omongeldi» qishloq fuqarolar yig‘inlari hududiga o‘quv qurollari ko‘chma maktab do‘konlari orqali yetkazib berilmoqda.

Yarmarkalardagi barcha savdo do‘konlari terminal, nazorat-kassa apparati bilan ta’minlangani xaridorlarga yanada qulaylik yaratmoqda.

– Maktab bozori va yarmarkalari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun viloyat xalq ta’limi boshqarmasidan mutaxassislar biriktirilgan, – deydi viloyat xalq ta’limi boshqarmasining davlat ta’lim standartlari monitoringi bo‘limi boshlig‘i B.Pardayev. – Ular soliq inspeksiyasi va mahalliy hokimliklar vakillari bilan birga, maktab bozori hamda yarmarkalarining doimiy ishlashi, sotilayotgan o‘quv qurollarining sifati, maktab ta’limi standartlari talabiga javob berishi ustidan doimiy nazorat qilib bormoqda. O‘quv vositalari xarid qilish masalasida ota-onalarga maslahatlar berilayotir.

Maktab yarmarkalarini o‘quv qurollari va boshqa zarur anjomlar bilan ta’minlash uchun yirik savdo tashkilotlari va tadbirkorlik sub’yektlari jalb etilgan. Barcha savdo tarmoqlarida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotilmoqda.

Toshqul Beknazarov,

O‘zA

Yana o‘qing:  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga sharh

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: