Surunkali milk yallig‘lanishi Alsgeymer kasalligiga sabab bo‘ladi

Tayvanlik tadqiqotchilar 50 va undan katta yoshdagi odamlarning ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Ular milklarning surunkali yallig‘lanishi Alsgeymer kasalligi xavfini oshirish-oshirmasligini aniqlash ustida ish olib bordi va o‘n yildan ortiq surunkali milk kasalliklaridan aziyat chekkan odamlar Alsgeymer kasalligiga 70 foiz ko‘proq duch kelishganini aniqladi.

Mutaxassislar natijaga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan diabet, insult, yurak kasalliklari kabi omillarni ham hisobga olishdi. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, milk yallig‘lanishi davrida organizmda yallig‘lovchi birikmalar ko‘payadi. Oldingi tadqiqotlar bu kasallik aqliy qobiliyatlarga ham salbiy ta’sir qilishini ko‘rsatgandi.

Shuningdek, bir kechani uxlamasdan o‘tkazish Alsgeymer xavfini oshiradi. Uyqusiz tundan so‘ng orqa miya suyuqligida aqli zaiflik bilan bog‘liq beta-amiloid oqsilining miqdori 10 foizga ortadi. Bu Vashington tibbiyot universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlarda o‘z isbotini topgan.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  QABZIYAT VA ICHAK DISKINEZIYASIDA PARHEZ

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: