Har bir sovitgichda bor zararli mahsulotlar
Mutaxassislar ko‘pchilik odamlarning menyusida zarari haqida unutib qo‘yadigan mahsulotlar borligiga ishonchi komil.
Diyetologlar aksariyat odamlar e’tibor ham qilmasdan doimiy ravishda zararli mahsulotlarni iste’mol qiladi deb hisoblaydi. Bunga tayyor mahsulotlarni iste’mol qilish, chanqoqni gazli ichimliklar bilan qondirish va tayyor souslardan foydalanish odatlarini misol keltirish mumkin.
Mayonez mahsulotining 100 grammiga 40 gramm yog‘ to‘g‘ri keladi. Bu esa juda ko‘p – sizning sabzavotli salatingiz mayonez qo‘shishingiz bilan kaloriyali bombaga aylanadi. Bundan tashqari, unda shakar va tuz ham ko‘p. Shuning uchun undan, boshqa istalgan tayyor qaylalar kabi, voz kechgan ma’qul. Agar salatga mayonez qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, uni mustaqil tayyorlang yoki uyda tayyorlangan mahsulotni xarid qiling.
Shirin gazli ichimlikni olimlar G‘arbda semirish epidemiyasi va qandli diabetning sabablaridan biri deb hisoblaydi. Bunday ichimliklarda shakar juda ko‘p, foydali moddalar esa umuman yo‘q. Gazli ichimliklarni doim ichsangiz, juda ko‘p ortiqcha kaloriya va shakar iste’mol qilasiz va bu sog‘lig‘ingiz holatida aks etishi mumkin.
Go‘sht qayta ishlangan mahsulotlar – dudlangan go‘sht, kolbasa, sosiska va boshqalarda natriy juda ko‘p. Uning ortiqchasi organizm uchun zararli. Shuning uchun nonushtada kolbasali buterbroddan voz kechgan ma’qul. Bundan tashqari, tadqiqotlar go‘shtli mahsulotlar oshqozon saratoni paydo bo‘lishi xavfini oshirishini ko‘rsatdi.