Tvorog qachon paydo bo‘lgan?

Tvorog qadimiy sut mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, uni tayyorlashni Qadimgi Rim aholisi, slavyanlar va boshqa xalqlar ham bilishgan. Lekin dastlabki tvorog qanday olinganligi haqidagi ma’lumotlar saqlanib qolmagan.

Qadimgi Rusda tvorogni oddiy achitilgan sutdan olingan. Uni ko‘zaga solib bir necha soat qizdirilgan va zardobini suzib olish uchun issiq holatda maxsus qopga solingan. Keyin uni presslash orqali tvorog olingan. Bu usuldan hozirgi kunda ham foydalaniladi.

Tvorog tarkibida oqsil, mineral moddalar, sut shakari, yog‘, fermentlar va vitaminlar mavjud. Tvorogda jami 12 ta vitamin: A, D, S va V guruhidagi vitaminlar, shuningdek, kalsiy, temir, fosfor elementlari ham bor.

  • Yog‘siz tvorog ko‘plab parhezlar tarkibiga kiritilgan.
  • 500 gramm sutdan 200 grammga yaqin tvorog olinadi. Shunga mos ravishda, tvorogda oziq moddalar miqdori sutga qaraganda ancha ko‘p bo‘ladi.

Tvorogning mineral moddalari suyak to‘qimalarini shakllantirish va mustahkamlash xususiyatiga ega. Aminokislotalar jigar kasalliklarini davolashda, V guruhidagi vitaminlar esa aterosklerozdan himoyalanishda yordam beradi.

Tvorog tarkibidagi achitilgan sut bakteriyalari oshqozon-ichak yo‘llari faoliyatini yaxshilaydi. U jigar, buyrak, yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekuvchi insonlar uchun foydali. Tvorog qondagi gemoglobin miqdorini ko‘paytirish va asab tizimi faoliyatini me’yorga keltirish xususiyatiga ega. Bundan tashqari, undan badan va yuz terisi uchun krem sifatida ham foydalanish mumkin.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Dunyo mamlakatlari haqida siz bilgan va bilmagan ma’lumotlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: