Vaqti-vaqti bilan tamaki chekish ham doimiy chekish kabi zararli
Ba’zi odamlar vaqti-vaqti bilan tamaki chekib turishning xatarli joyi yo‘q deb o‘ylashadi. Lekin amerikalik olimlar vaqti-vaqti bilan chekish ham huddi doimiy chekish kabi zararli ekanini aniqladi.
Olimlar 40000 nafar chekuvchining qon bosimi va xolesterin miqdorini tahlil qilib, shunday xulosaga keldi. Chekish bilan bog‘liq kasalliklardan saqlanish uchun umuman tamaki chekmaslik kerak. Ba’zi holatlardagina sigaret chekib turish ham ko‘p muammolarni keltirib chiqaradi. Yon-atrofingizdagi odamlarning chekishi ham sizda insult xavfini oshiradi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.