O‘zbekistonda ijro intizomini nazorat qilish bo‘yicha elektron tizim yaratilmoqda

«Unicon.uz» Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi Janubiy Koreyaning «Bridgesoft inc» kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Bu haqda «Jahon» AA xabar bermoqda.

Janubiy koreyaliklar » Unicon.uz» Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi tomonidan ishlab chiqilayotgan » IJRO.GOV.UZ» tizimini rivojlantirish uchun grant mablag‘larini taqdim etishni rejalashtirgan.

Mazkur dastur ijro intizomini nazorat qilish bo‘yicha yagona idoralararo elektron tizim bo‘lib, ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash tartibini markazlashtirishga va avtomatlashtirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, memorandumda 2018 yili O‘zbekistonda keng ko‘lamli ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha axborot tizimini ishlab chiqishga oid tadqiqot o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Yana o‘qing:  Stress insonni xavfsiz holatlarda ham xavotirlanishga majbur qiladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: