Psixologlar fikri: salbiy tuyg‘ularni anglash va qabul qilish kerak

Salbiy his-tuyg‘ularga qarshi kurashish kerak degan qarashlar mavjud. Lekin so‘nggi tadqiqotlar o‘z salbiy tuyg‘ularini qabul qilish ma’qulligini, natijada ular inson hayotida kamayib borishini ko‘rsatdi. Salbiy ichki kechinmalarga qarshi kurashishdagi muntazam bosim stressni yuzaga keltiradi va ruhiy salomatlikka putur yetkazadi.

Tadqiqotda 1300 nafar ko‘ngilli ishtirok etdi. Tekshiruvlar natijasida, o‘zlarining qayg‘uli jihatlarini tan olmaydigan yoki salbiy ko‘rinishlarga juda qat’iy baho beruvchilar stress holatiga ko‘proq yo‘liqishi ma’lum bo‘ldi. G‘am-qayg‘uni qabul qiluvchi odamlarda esa bunday holat kuzatilmadi.

Bundan tashqari, Kaliforniya universitetida ham uchta alohida tadqiqot o‘tkazildi. Bu tajribalar orqali his-tuyg‘ulariga erk beruvchi odamlarda xotirjamlik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lishi aniqlandi. Salbiy kechinmalardan o‘zini olib qochadiganlar esa stress va kayfiyat bo‘zilishi ko‘proq uchraydi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Yumshoq o‘yinchoqlarning jo‘yali va nojo‘ya xususiyatlari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: