SHOIRLARNING BOLALARGA TUHFASI

Bolalarimiz sog'lom o'sib-ulg'aysin. Axir ularni yurtimizning ertasi – kelajagimiz, deb ardoqlaymiz. Osmoni musaffo diyorimizning ravnaqiga ravnaq, dovrug'iga dovrug` qo'shadigan farzand­la­rimizning ota-onalari ham omon bo'lsinlar!

Ko'p kitob mutolaa qilsin. Chunki kitobning mag'zi – bilim. Bilimli farzandlar esa yurtning tayanchi, elning suyanchi, faxri bo'ladi.

Ushbu she'rlarimni ham bolajonlarimizga bayram tuhfasi sifatida hadya etaman.

Anvar OBIDJON,

O`zbekiston xalq shoiri

Fathillaniningkurkasi

Kelib Norga arz qildi

To'rt yasharlik ukasi:

– Meni quvdi, atajon,

Patpillaning kulkasi.

G'ijinib musht tugdi Nor:

– Boplab qasos olamiz.

Kurkani…

Yo'q, yaxshisi,

Fathillani solamiz!

Obbo, kalamush-ey!

Kalamushvoy,

Kalamush.

Savoding sal

Chalamish.

Yoz desalar

«Temir» deb,

Sen yozibsan

«Kemir!»deb.

Uch yoshlilar

Olmaniyam

G'ajiyman,

Holvaniyam

G'ajiyman.

Dema: «Nechta

Tishing bor?»

Seni nima

Ishing bor?!

Partaga yozilgan she`r

O'tgan yili men bilan

O'tirardi Mirto'lan.

Baxil edi juda ham,

Ko'chirtirar edi kam.

Bu yil bizdan o'chdi u –

Uchinchiga ko'chdi u.

Handalak

Handalakman polizda,

Lekin qandman og'izda.

Yayrab o'sdim dalada,

Oftob chiqsa, yalla-da.

Suv kelmasa tomirga,

Yalinaman yomg'irga.

Mening faxrim shiramdir,

Qovun katta enamdirr.

Bezori

Qarg'a kirdi

Kinoga,

O'xshab

Buratinoga.

Hamma joylar

Edi band,

Borib dedi

Nopisand:

– Menga qara,

Vey, Laylak,

Yeganmisan

Hech kaltak?

Qani, tur-chi

O'rningdan.

He, o'rgildim

Burningdan!

Яна ўқинг:  Imkoniyatlar bisyor

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: