O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi va O‘zbekiston Respublikasi davlat turizm qo‘mitasi o‘rtasida memorandum imzolandi
Ikki kun davom etgan forum ko‘plab takliflar va qizg‘in munozaralarga boy bo‘ldi. “O‘zbekiston Respublikasida ichki turizmni rivojlantirish istiqbollari va unda yoshlarning o‘rni” mavzusida o‘tgan ochiq muloqot davomida ichki turizmni yanada rivojlantirishda yoshlarning rolini oshirish, bunda Yoshlar ittifoqi va turizm qo‘mitasi tomonidan davomiy hamkorlik o‘rnatish masalasi kelishib olindi. Forum yakunida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi va O‘zbekiston Respublikasi davlat turizm qo‘mitasi o‘rtasida memorandum imzolandi.
Xurshida Husenova