Yaxshi dizayn axborotni ommaga tez yetkazadi

Hozirgi kunda matbuot nashrlari ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi raqobatni hisobga olgan holda nafaqat axborot xususiyatini boyitishi, balki tashqi ko‘rinishga ham jiddiy e’tibor qaratishi lozim. Mashhur gazta dizayneri Mario Garsio o‘zining “Zamonaviy gazeta dizayni” kitobida shunday so‘zlarni keltirgan edi: “Gazetani yuqori sifatda sahifalash — bu matnning boshqa vizual elementlari: shrift, fotografiya, rangli bezaklar va informatsion grafikalar bilan puxta va mantiqiy uyg‘unlashuvidir. Har xil davlat va xalqlarning kiyinishlari bir-birlaridan farq qilganidek, gazetalardagi dizaynning biror usulini eng zo‘r deb aytish noto‘g‘ri bo‘ladi, sababi, uni sahifalashda o‘quvchi yoshi, ijtimoiy kelib chiqishi, qiziqishi, kerak bo‘lsa, dini va h.k hisobga olinadi”.

Darhaqiqat, yurtimizdagi gazeta-jurnallarning tashqi qiyofasi, bezaklari, materiallarning joylashtirilishi, davriy nashrlarning dizayni saviyasini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Bu haqda so‘z borarkan, bugungi kunda aksariyat tahririyatlarda dizayn va sahifalash bo‘yicha malakali mutaxassislar yetishmayotganini qayd etish joiz. Shuningdek, malakali fotomuxbirlar, veb-saytlar va internet resurslar bilan ishlovchi mutaxassislarga ham ehtiyoj borligi hech kimga sir emas.

mushtariy

Hozirgi vaqtga kelib, zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanishi tufayli “An’anaviy gazetalarning kelajagi qanday bo‘ladi?” degan savol dolzarb masalaga aylandi. Gazeta o‘qishli va qiziqarli bo‘lishi uchun kundalik tashvish va muammolarni yechishga e’tibor qaratish lozim. Bu nafaqat auditoriyaning ijtimoiy ahvoli, balki ularning psixologik turmushini ham o‘rganishni talab qiladi. Yangi gazetaning tashkil qilinishida eng dastlab “O‘quvchi bizdan nimani kutadi?” degan savolga javob topish lozim. Gazetalarimiz qanday ko‘rinishda bo‘lishi kerak? Gazeta juda rang-barang qilib bezatilishi ham kerak emas, aksincha funksional harakterga ko‘proq e’tibor qaratilishi lozim. Yaxshi dizayn axborotning o‘quvchiga yetib borishi uchun xizmat qilishi shart. Rivojlangan davlatlarda reklama beruvchidlar gazeta dizaynining professionallik jihatini ham hisobga olar ekan. Chunki gazeta sahifalarida mushtariy hamma narsaga ko‘z yugurtirishi kutiladi.

Kolontitul ham gazetaning ko‘rinishi va o‘quvchi uchun qulaylik yaratishi jihatidan sezilarli darajada ahamiyatga ega. Kolontitul — bu har bir sahifa tepasida yozilib, unda gazeta nomi, o‘sha sahifaning mazmuni (yoki janri), tartib raqami, gazeta soni va chop qilingan vaqt qayd qilinadi. Unga bezak berish har xil bo‘ladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, nashrlarda qo‘llaniladigan shrift ham katta ahamiyatga ega. Tadqiqotlarga ko‘ra, qo‘shilib yoziladigan shriftni yengil va tez o‘qish mumkin ekan. Gazetada asosiy matnning shrifti iloji boricha bir xil bo‘lgani ma’qul. Maqsad — gazetaning o‘qilishini oson qilish. Asosiy matnda ishlatilgan shriftni reklama uchun umuman ishlatmaslik kerak. Shuningdek, asosiy matn shriftlari juda mayda bo‘lmasligi lozim. Avvallari gazetalarda materiallarning deyarli barchasi 8 keglda berilgan, hozirda esa bu ko‘rsatgich 9 va 9,5 ga kattalashgan. Bu esa ko‘pchilik davlatlardagi asosiy o‘quvchilar qatlami 40-55 yosh o‘rtasidagi ko‘rish qobiliyati biroz pasaygan kishilar uchun qulaylik yaratadi. Matn orasidagi intervalni eng qulay va chiroyli holatiga keltirib, material katta-kichikligidan qat’iy nazar barcha sahifada bir xil qo‘llanilgani ma’qul. Matnning shrifti oq rangda uning ortidagi fon esa qora rangda bo‘lishi o‘qishga qiyinligi bilan o‘quvchini zeriktiradi.

Yana o‘qing:  Mahallamizda Navro‘z

Gazetadagi badiiy illyustratsiya chiziqlar nashrning qanday auditoriya uchun yo‘naltirilishiga qarab bir-biridan farq qiladi. Masalan, san’at vakillari uchun mo‘ljallangan gazeta chiroyli naqshlar bilan bezatilgan bo‘lishi, siyosiy gazetada jiddiy chiziqlargina ishlatilishi mumkin.

Zamonaviy gazeta ko‘rinishida asosiy, qiziqarli va muhim materiallar parchalari gazeta sirtiga joylashtiriladi. Bu albatta bir qarashda o‘quvchining e’tiborini tortish uchundir. Shunday ekan, gazetalarning o‘quvchiga yaqinlashishi uchun sarlavhalar ham katta ahamiyatga ega. Maqola sarlavhasining tanlanishi jurnalistdan mahorat talab qiladi, chunki o‘quvchini bir qarashda qiziqtiradigan va ko‘ziga tashlanadigan aynan sarlavhadir.

Sarlavla maksimum 3 ta so‘zdan iborat bo‘lib, mohiyat tushunarli, oddiy bo‘lishi lozim. Ba’zi hollarda maqolaning sahifada joylashishiga qarab, sarlavhani uning o‘rta qismida, chap yoki o‘ng tomonida joylashtirish mumkin. Mavzularda ishlatiladigan shriftlar har xil bo‘lishi mumkin, ammo ma’lum yo‘nalishlar uchun doimiy shriftlarni belgilab olgan ma’qul. Masalan, yangiliklar uchun faqat bitta shrift ishlatilishi kerak. Asosiy matn shrifti kabi bu shriftlar ham reklama matnida ishlatilmasligi lozim. Ular o‘quvchini psixologik tarzda ma’lum material mazmuniga yo‘naltirishi kerak. Ko‘pincha sarlavhalar katta (bosh) harflarda yoziladi, lekin asosiy matn faqat kichik harflarda yoziladi. Tadqiqotlarga ko‘ra katta harflarda yozilgan matnning o‘qilish tezligi pastroq bo‘lar ekan.

Maqola yoki boshqa turdagi materiallar oxirida muallifning ismi, familiyasi va lavozimi ko‘rsatiladi. Ba’zi xorijiy davlatlardagi gazetalarda chop etilayotgan materiallar mualliflarining qaysi r\partiyaga a’zoligini ko‘rsatadi. Bu, birinchidan, o‘sha partiyaning qiziqishlari qay yo‘nalishdaligini va, ikkinchidan, boshqalarni ham o‘z partiyasiga jalb qilishiga xizmat qiladi. Agarda gazetada chop qilingan asar muallifi bir kishidan ortiq bo‘lsa, unda mualliflarning ijtimoiy darajasiga qarab ketma-ketlik belgilanadi, ular orasida tahririyat xodimi ham bo‘lsa, muallif mavzu tagida ham beriladi, xorijiy gazetalarda esa bu doimiy holat bo‘lib, material hajmiga bog‘liq emas.

Illyustratsiya — gazeta bo‘limlarini jonlantiruvchi asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Bunda fotosuratlar, rasmlar, diagramma va jadvallar bilan materiallar boyitiladi.

Nashrning illyustratsiyalaning daradasi uning yo‘nalishiga bog‘liq. Ko‘pchilik nashrlar illyustratsiyativ ob’yektlarning sahifada ko‘payib ketishi o‘quvchini zeriktiradi deb hisoblaydi. Ammo jahonning ba’zi yirik nashrlari olamshumul voqealarni faqat fotosuratlar va ularga berilgan izohlar bilan yoritadi.

Yana o‘qing:  Toshkentda Xitoy ishtirokida 10 ta metro bekati quriladi

Gazetada voqea-hodisalarni ta’sirli qilib yoritishda fotosurat, chizama rasmlar va karikaturalardan foydalaniladi. Xorijiy davlatlarda chop etiladigan ko‘pgina ijtimoiy-siyosiy gazetalarda siyosiy karikatura katta ahamiyat kasb etadi. Bu esa gazetadagi maqola aytmoqchi bo‘lgan fikrning hammasini o‘zida aks ettirishi mumkin. Yaxshi fotosurat jarayonni tasvirlaydi, masalan, futbolchi qo‘lida to‘p ushlab turgan rasmdan ko‘ra, uning darvozaga to‘p kiritayotgan jarayoni qiziqarliroq. Fotograflarni esa bunday mahsulotlari uchun taqdirlash keyingi ishini bundan-da yaxshilashga turtki bo‘ladi. Chiroyli rasmlar ko‘pincha sahifada yetakchi o‘rinda turadi, xorijda yirik gazetalar sotuvda asosan muqovalarida odamni jalb qiladigan rasmlardan foydalanadi.

Keyingi yigirma yillikda gazeta sahifalariga diagramma, jadval va xaritalarni chop qilish kiritilgan. Buni ba’zi mutaxassislar gazetaning TV bilan raqobati ta’sirida amalga oshgan deyishadi. Bular informatsion grafika yoki infografika deyiladi. Masalan, Buyuk Britaniyaning asosan iqtisodiy mavzularni yoritadigan “Faynanshl tayms” gazetasining hamma sonida turli jadval va diagrammalarni uchratish mumkin. Tabiiyki, infografika gazeta o‘quvchilarining barchasiga tushunarli tarzda berilishi kerak.

gazetalar

Gazetada materiallarning joylashtirilishida o‘quvchilar psiologiyasini hirsobga olish gazeta tahririyati uchun juda qo‘l keladi. Ba’zi muxlislar gazetaning oxiridan boshlab o‘qiydi, ba’zilari dastlab sarlavhalarni yoi ramlarni ko‘rib chiqadi. Bunga dizaynerlarimiz, albatta, e’tiborli bo‘lgani ma’qul.

Har qanday bozorda ham raqobatga chidamli, sifatli mahsulot xaridorgir bo‘ladi. Bugun tobora kengayib borayotgan matuot bozori ham ana shunday sifatli va xaridorgir “mahsulot”ni talab etmoqda. Respublikamizda ushbu bozor uchun xaridorgir “mahsulot” bera oladigan nashrlar borligi bizni ham, mushtariylarni ham mamnun etadi.

Navro‘z NORBOBOYEV,

“Sog‘lom avlod” gazetasi mas’ul kotibi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: