Tug‘ruqlarni uy sharoitida amalga oshirish mumkinmi?

Bu haqida “Sog‘lom avlod” gazetasi tahririyatining “Stol atrofida” loyihasi doirasida o‘tkazilgan davra suhbatida Respublika perinatal markazi direktor o‘rinbosari Shohida Bobojonova fikr bildirdi:

– Bunday tug‘ruqlarni olib borish Yevropaning ba’zi mamlakatlarida yo‘lga qo‘yilgan. Lekin O‘zbekistonda uydagi tug‘ruq amaliyotiga ruxsat berilmagan. Aslida, 85 foiz ayolda tug‘ruq jarayoni normal kechadi.

Lekin bu jarayonda mutaxassis hozir bo‘lishi shart. Ikkinchidan, uy sharoiti tozalikka javob berishi kerak. Bundan tashqari, shoshilinch tez tibbiy yordam anjomlari tayyor bo‘lishi talab etilida. Chunki tug‘ruq jarayoni qanday kechishini hech kim oldindan mutlaqo aniq aytib berolmaydi.

Masalan, tug‘ish jarayonida onaning holati yaxshi bo‘lib, hammasi ijobiy tugaganidan so‘ng, nimadir sabab bilan yo‘ldoshi ajralmay, qon ketib qoldi, deylik. Bu vaziyatda nima qilish kerak? Birinchidan, anesteziologning tezkor yordami kerak, zudlik bilan qon ketishini to‘xtatish zarur. Buni mutaxassisdan boshqa hech kim amalga oshirolmaydi. Uy sharoitida esa, buning aslo iloji yo‘q. Onalarning o‘limiga ko‘pincha qon ketish sabab bo‘ladi.

Shu kabi omillar bois homilador ayolning uy sharoitida ko‘zi yorishiga ruxsat berilmaydi.

Charos Xushvaqtova yozib oldi.

Yana o‘qing:  Oila mehri oltindan qimmat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: