Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassisi QVPdagi doyalarning asosiy vazifasi haqida gapirdi

Har bir QVPda doyalar faoliyat olib boradi. Ammo QVPlarda tug‘ruq jarayonini amalga oshirishga ruxsat etilmagan. Shunday ekan u yerda faoliyat olib borayotgan doyalarning vazifasi nimadan iborat?

ikromamonov

Hozirgacha 3200 ta QVPlarimiz bor edi ular hozir 50 foizga qisqardi. Ularni o‘zaro birlashtirgan holda, yanada ixcham bo‘lgan oilaviy poliklinikalari tashkil qilindi. Dastlabki tug‘ruq jarayoni boshlanganidan so‘ng, o‘rtacha 8-10 soat o‘tgach tug‘ruqning faol ikkinchi davri boshlanadi. Unga qadar esa ayollar tug‘ruq komplekslariga yetkazib olib boriladi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda tug‘ruqlarning 1 foizini yo‘lda, uyda sodir bo‘lgan tug‘ruqlarni tashkil etadi. Bu juda katta ko‘rsatkich emas. Shu jixatdan oladigan bo‘lsak, bu borada Respublikamiz tug‘ruq holatlari bo‘yicha juda yaxshi ko‘rsatkichga ega.

QVP va oilaviy poliklinikada faoliyat olib borayotgan doyalar homiladorlikning ilk kunlaridan boshlab 9 oy davomida homilador ayol salomatligini doimiy ravishda kuzatib boradi. Ammo bu – homilador ayolning salomatligi to‘laligicha doyalarga tashlab qo‘yiladi, degani emas. Homilador ayol ko‘zi yorugunga qadar akusher-ginekolog tomonidan kamida 7 marta ko‘riladi, doyalar ko‘rigi esa shu orada o‘tkaziladi. Bu ko‘riklarda ayolning qon bosimi, uning umumiy ahvoli, homilaning rivojlanishi haqida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘linadi. O‘z tajribamdan kelib chiqib shuni ayta olamanki, shunday doyalar borki, hatto o‘zimizning yosh akusher-ginekologlardan ham yaxshi bilimga ega. Bundan tashqari u o‘sha huddudda yashovchi ayolni ismi familiyasini aniq bilishdan tashqari, boshidan o‘tkazgan kasalliklardan ham yaxshigina xabardor.

QVPlarda tug‘ruq jarayonini amalga oshirilmaydi. Sababi u yerda mazkur jarayonni amalga oshirish uchun yetarli darajada, to‘laligicha shart-sharoit mavjud emas. Ushbu muassasada faoliyat olib borayotgan doyalar esa homilador ayollarning ko‘zi yorigunga qadar doimiy ravishda salomatligini nazorat qilib, ularga kerakli tavsiyalar berib boriladi. Yurtimizning chekka huddudlaridagi QVPlardan uzoq masofada joylashganligi sababli tug‘ruq komplekslariga ushbu hududdagi homilador ayollarni QVP doyalarining ko‘rsatmalariga asoslanib ko‘zi yorishidan vaqtli yuboriladi. Chunki ushbu holatda vaqt va masofa hisobga olinadi.

Tug‘ruq komplekslari tuman, viloyat, respublika markazlarida joylashishining asosiy sababi nimada?

Tug‘ruq komplekslari bizning respublikamizda me’yoriy hujjatlar asosida 3 ga bo‘lingan. Ular:

birlamchi shahar yoki tumanning o‘zida joylashgan;

Ikkilamchi viloyat markazlarida;

Yana o‘qing:  Tadqiqot: oilada asosiy daromad topuvchi bo‘lgan ayollar depressiyaga moyil bo‘ladi

Uchlamchi tibbiyot institutlari va respublika markazida joylashgan tug‘ruq komplekslari.

Ular nima maqsadda bu turga bo‘linadi, degan haqli savol tug‘iladi? Xomilador ayollar o‘zlari istiqomat qilayotgan poliklinika yoki QVP ning umumiy amaliyot shifokori yoki doyalari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgach, xomilador ayollar kategoriyalarga (toifalar)ga bo‘linadi. Deylik, nisbatan sog‘lom bo‘lgan, tumanning o‘zida tug‘ishi mumkin bo‘ladi, oldindan rejali ravishda malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish lozim bo‘lganlari viloyat markaziga hamda ahvoli og‘irroq bo‘lgan ayollar rejali ravishda respublika markazlariga jo‘natiladi.

Xurshida XUSENOVA

yozib oldi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: