“Qumtaka” o‘yini

4 nafardan ikki jamoaga bo‘lingan bolajonlar dastlab yarim chelakdan ziyodroq qora qumni tekis joyga to‘kib, uyum hosil qilishadi. So‘ngra uyumning o‘rtasini hovuzcha shaklida o‘yib, unga keragicha suv solib, suv toshib ketmasligi uchun aylanasiga sekinlik bilan qum aralashtirilib loy shakliga keltiriladi.

Tayyor aralashmadan dum-dumaloq kichkina koptokdek shakllar yasaladi. Ular har bir bola uchun ikkitadan to‘g‘ri kelishi kerak. Agar dumaloqlar uchun qum kamlik qilsa, yana qo‘shish lozim. Ushbu dumaloqchalar oftob tig‘ida quritib olinadi. So‘ngra ikkiga bo‘lingan jamoa bir xil uzoqlikda (orasi 3 metr bo‘lishi lozim) tekis joyga o‘tirib olishadi va quritilgan dumaloq “qumtakacha”larni bir-biriga to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yumalatadi.

“Qumtaka”lar bir-biriga urilib qaysi biri sinmasdan ikkinchisini sindirib o‘tib ketsa o‘sha jamoadagi bola g‘olib bo‘ladi. O‘yin oxirida butun qolgan “qumtaka”lar soni bo‘yicha g‘olib jamoa aniqlanadi. Bunda bolalar nafaqat shakl yasashni balki qurilish materiallarini isrof qilmasdan ulardan unumli foydalanishni ham o‘rganishadi.

Яна ўқинг:  МТМларига қамраб олинмаган фарзандлари бор 400 минг оила методик қўлланмалар билан таъминланади

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: