48 bemor bolaga glyukometr va test tasmalari topshirildi
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi yurtimizdagi bemor bolalar hamda kam ta’minlangan oilalar farzandlariga amaliy ko‘mak berish, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollar sog‘ligini mustahkamlash borasida qator ishlarni amalga oshirmoqda.
Poytaxtimizda Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan xayriya aksiyasida Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi qandli diabetga chalingan 48 bemor bolaga glyukometr va test tasmalari topshirildi.
Tadbirda kelgan ota-onalar va mutaxassislar yurtimizda fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish, jamiyatning muhofazaga muhtoj qatlamlarini, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, imkoniyati cheklangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha izchil va manzilli davlat siyosatini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidladi hamda o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.
N.Norboboyev