Ehtiyojmand va faol jurnalistlar imtiyozli asosda uy-joy bilan ta’minlanadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev “O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasini saqlash, xodimlarning mehnatiga haq to‘lash xarajatlari, shuningdek, Uyushmaning va Uyushmaga qarashli bo‘lgan Respublika Milliy matbuot markazining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishni moliyalashtirish manbasi etib O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi (keyingi o‘rinlarda “Ilhom” jamoat fondi deb yuritiladi) mablag‘lari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Uyushma bilan birgalikda ehtiyojmand va faol jurnalistlarni imtiyozli ipoteka kreditlari asosida uy-joy yoki yer uchastkalari bilan ta’minlash ishlarini belgilangan tartibda yo‘lga qo‘yadi.

Ushbu qaror ommaviy axborot vositalari faoliyatini keng qo‘llab-quvvatlash, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, gazeta-jurnallar, teleradiokanallar, axborot agentliklari va Internet nashrlarida mehnat qilayotgan mualliflarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ish va turmush sharoitlarini yaxshilash, jurnalist kadrlarning professional mahoratini oshirish tizimini takomillashtirish maqsadida qabul qilindi.

Yana o‘qing:  MTMda SUMALAK SAYLI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: