Shokolad ichaklardagi yallig‘lanishni yo‘qotadi

Oldingi tadqiqotlar shokolad uyquni yaxshilashi va miyaga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlagan edi. Vashington tibbiyot universiteti olimlari o‘tkazgan yangi tadqiqot esa, triptofan aminokislotasiga boy mahsulotlar, xususan shokolad ichaklar faoliyati uchun ham foydali ekanini ko‘rsatdi, deb yozadi The Hindustan Times nashri.

Mutaxassislar mikroblardan tozalangan muhitda o‘sgan sichqonlarda tajriba o‘tkazdi. Kemiruvchilarning organizmiga foydali Lactobacillus reuteri bakteriyalari kiritildi. Shundan so‘ng sichqonlarda immunitet hujayralari paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, tadqiqotchilar sinovdagi jonivorlar ratsionidagi triptofan miqdorini ikki marta oshirganda, immunitet hujayralari taxminan 50 foizga ko‘paydi.

Olimlarning so‘zlariga qaraganda, bu hujayralar ichaklardagi yallig‘lanish darajasini nazorat qiladi. Ularning miqdori ko‘p bo‘lsa, yallig‘lanish xavfi pasayadi. Mutaxassislar odamlardagi mexanizm ham xuddi shunaqa ekanligini ta’kidlamoqda.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Bolalarda burun nega qonaydi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: