Hasanbek sahovatpesha insonlar ko‘magiga muhtoj
Dunyoda inson yashar ekan albatta u atrofidagilar bilan aloqa o‘rnatadi. Bu bog‘lanishsiz inson jamiyatda yashay olmaydi. Shu sababdan insonlarning bir-birlariga hojati tushadi. Kimlarningdir ma’naviy va iqtisodiy ko‘magi va yordamiga muhtoj bo‘ladi.
4 yil muqaddam Xojiakbar aka oilasida dunyoga kelgan egizaklar oilaga bir olam quvonch olib keldi.O‘g‘illari borasida Hojiakbar aka va Asolat opa turli kelajak rejalarini tuzib yurgan shunday quvonchli kunlardan birida egizaklarning to‘ng‘ichi – Hasanbekga shifokorlar tomonidan DSP (bolalar serebral falajligi) xastaligi tashxisi qo‘yildi.
“O‘g‘limga 10 oyligida DSP (bolalar serebral falajligi) kasalligi tashxisi qo‘yildi. Biz 4 yildan beri mazur kasallik ustidan kurashish uchun turli kasalxonalarda doimiy ravishda davolandik. Ammo farzandim Hasanbek o‘tira olmaydi, muvozanatni ushlolmaydi. Yaqinda Turkiyada shu kasallikni davolovchi klinika bilan gaplashdik. Ularning so‘zlariga qaraganda 60 foiz ehtimol bilan farzandimni oyoqqa turg‘azishni imkoni mavjud”, – deydi Hasanbekning otasi Hojiakbar aka.
Turk klinikasi bergan ma’lumotga ko‘ra bu holatda jarrohlik amaliyoti uchun 24 ming 120 AQSH dollari kerak bo‘ladi.
Sahovatpesha, kishilarga yaxshilik ulashuvchi insonlardan Hasanbekning oyoqqa turishi uchun o‘z ko‘maklarini berishini so‘raymiz. Zero, murg‘ak go‘dak qalbiga bolalikning eng baxtli damlarini hadya etish insoniylikning oliy burchi sanaladi.
“Ipoteka” bank – 8600 3304 3981 9895
R/S 23120000100000423001
Batafsil ma’lumot uchun telefonlar
(+99897) 703 61 71