OIV infeksiyasi bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar

Respublikada OITSga qarshi kurash xizmatining ish faoliyati rejasiga muvofiq, o‘tgan haftada hududiy darajada OIV infeksiyasi tarqalishini oldini olish bo‘yicha bir qator tadbirlar o‘tkazildi.

Kelgusida OIV infeksiyasi borasidagi xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida, Sirdaryo viloyatiga xizmat safari amalga oshirildi. Xususan, Respublika OITSga qarshi kurash markazining mutaxassislari sog‘liqni saqlash tizimining asosiy zvenolaridan biri bo‘lgan xizmat faoliyatining jihatlarini o‘zida jamlagan barcha yo‘nalishlari bilan tanishishdi. Laboratoriya xizmatining faoliyati o‘rganildi, bunda tumanlararo OIV diagnostik laboratoriyalarining ishi ham qamrab olindi. OIV infeksiyasini aniqlashda diagnostik xizmatning ko‘rsatilishi bo‘yicha monitoring o‘tkazildi, OIV infeksiyasi bo‘yicha dispanser hisobida turgan patsiyentlarga RVQ preparatlar bilan antiretrovirus terapiyasining olib borilish taktikasi, dispanserizatsiya dinamikasi o‘rganildi.

Viloyatning uzoq tumanlariga chiqib, Ishonch xonalari va ambulator-poliklinika xizmatining Yuqumli kasalliklar kabineti faoliyatining chuqur tahlili o‘tkazildi.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlarini himoya qilish yili” munosabati bilan Respublika OITSga qarshi kurash markazining yetakchi mutaxassislari tomonidan Sirdaryo viloyati OITSga qarshi kurash markazi xodimlari, shuningdek, ushbu muasasasaga murojaat etgan patsiyentlar va aholi orasida savol javob va suhbatlar o‘tkazildi.

Aholi orasida “Sog‘lom turmush tarzi” tamoyillarini inobatga olgan holda, OIV infeksiyasiga maxfiy va bepul, ya’ni anonim tekshiruvdan o‘tish imkoniyatini ularga yetkazilib, faol tashviqot targ‘ibot ishlari o‘tkazildi. OITSga qarshi kurash markazlarida haftaning yakshanba kunlaridan tashqari har kuni Ishonch xonalari, anonim xonalar faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu joylarda jinsi, ijtimoiy ahvoli va boshqa sharoitlaridan qatiy nazar, barcha fuqarolar bepul maslahat olib tekshiruvdan o‘tishlari mumkin.

O‘zingizning OIV bo‘yicha maqomingizni aniqlashtirishni istasangiz, anonim testdan o‘tish imkoniyatingizdan foydalaning!

Yana o‘qing:  Yosh iste’molchi – ziyrak, bilimdon, intiluvchan

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: