Taomnomaningizga qarab tashxis…

Ma’lumki barcha jonivorlar o‘z ozuqasini instinkt orqali topish xususiyatiga ega. Bizda insonlarda ham shunday ozuqiy intuitsiya mavjud, ammo afsuski har doim ham organizmimizning bu signallariga quloq tutavermaymiz. Ovqatga nisbatan his etish instinktini qanday anglash va shakllantirishni tushunib olsangiz, o‘zingiz uchun eng yaxshi diyetolog bo‘lishingiz turgan gap. Buning uchun esa shunchaki, ishtahangizga quloq tuting va muammoingiz aynan nimada ekanligini aniqlab oling.

  1. Yog‘ surtilgan nonu serdumba go‘sht ko‘nglingizni aynitadimi?

Unda zudlikda shifokorga uchrang va UZI tekshiruvidan o‘ting. Chunki sizning o‘tingiz yallig‘langan yoki unda tosh paydo bo‘lganligi ehtimoldan xoli emas. Shuningdek, bunday holatlar virusli gepatitning yashirin turida ham namoyon bo‘ladi. Oqibatda zararlangan jigaringiz sifatsiz zardob ajrata boshlagani uchun ham yog‘li ovqatlar ko‘nglingizni aynitayotgan bo‘lishi mumkin. Chunki bunday zardob organizmga tushgan yog‘ni juda yomon parchalaydi.

  1. Sutli bo‘tqalarga sira xushingiz yo‘qmi?

Demak organizmingizga kalsiy yetishmaydi. Buni ishonch bilan aytishimizga sabab, ayollarning deyarli 30,5-33,1 %i aynan shu modda yetishmasligidan aziyat chekadilar. Sutli, ayniqsa manna yormali bo‘tqalar organizmning ichki muhitini “achitish” orqali tish va suyaklardagi muhim mikroelementlarning ajralib chiqishiga ko‘maklashadi. Shu sababdan ham sut mahsulotlariga “allergiyasi” borlar odatda bo‘r yoki ohak g‘ajishni yaxshi ko‘radi.

  1. Birdan shirinlikka ruju qo‘ydingizmi?

Agar bunga qadar shiraxo‘rlik sizga yot bo‘lib kelgan ekan, demakki bu ishtiyoqning jiddiy sabablari bor. Bu shunchaki lahzalik istak emas, aksincha sizning miyangiz “glyukozaaa!” deb bong urayotganidan dalolatdir. Chunki qoningizda aynan ana shu modda keskin kamayib ketgan. Tezda bir piyola novvot choy ichib olsangiz, naqadar rohatlanganingizni o‘zingiz ham sezasiz.

  1. Ba’zida quruq yormalar (ayniqsa grechka)ni xomligicha yegingiz keladimi?

Sizga temir moddasi yetishmayotganidan dalolatdir. Ko‘nglingiz tortayotgan bu narsani yeyishdan uyalarsiz va yo buni bir bema’nilikka yo‘yarsiz, ammo tushuning zabonsiz organizmingiz bundan ortiq ishtaha ochar, ishonchli va albatta yeyish mumkin bo‘lgan usulni bilmaydida. Biroq o‘zingiz buni bilishingiz shart. Yaxshisi bunday paytda o‘zingizni bir burda qora non va go‘sht, undan keyin esa bitta olma bilan siylang.

  1. Xayolingizdan shokoladli tortu kremli pirojniylar ketmay qoldimi?
Yana o‘qing:  Sog‘lom bo‘lishning 6 ta oltin qoidasi

Kuzgi yog‘inli kunlarning boshlanishida negadir organizmda tushkunlik holati yuzaga keladi. Yog‘li va shirin pishiriqlar kishiga misli o‘tirib qolgan batareykalarga akkumlyator kabi zarurdir. Bosh miya katakchalari bu mahsulotlardan kuch olib, sizni quvonch gormonlari bilan oziqlantiradi.

  1. Butun boshli oq piyoz yoki sarimsoqni paqqos tushirgingiz kelyaptimi?

Bu immunitetingiz pasayganidan dalolat. Shamollashdan ehtiyot bo‘ling. Ammo shunchaki ko‘proq go‘shtli qovurdoq yeb yuborgan bo‘lishingiz ham mumkin. Oq piyoz va sarimsoq hayvon oqsillarini tezda parchalab yuboradi.

  1. Hatto tushingizda ham qizil mevalar yegingiz kelyaptimi?

Zudlikda okulistga uchrashing. Ko‘rish qobiliyatingizda muammo paydo bulibdi. Aynan maymunjonlar, ayniqsa chernika A vitaminiga boy bo‘lib, ko‘rish qobiliyatini tiklashga ko‘maklashadi.

  1. Qatiq, karam tuzlamasi, limon, anor va boshqa nordon sharbatlarni yoqtirmasangiz…

Demak oshqozon kislotasi oshib ketgan. Aksincha, ko‘nglingiz faqat shu narsalarni tusasa, demak pasaygan.

  1. Agar ayol kishi yog‘li, o‘tkir soya qo‘shilgan qaylalar-u yong‘oq yeyishga mukkasidan ketgan ekan, demak uning tuxumdonlarida gormon ajralib chiqish miqdori pasayib ketgan. Buning boisi esa charchoq va stersslardir.

Manba: zamin.uz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: