O‘zbekistonda atigi 67 ta akademik litsey qoladi
O‘zbekistonda faqatgina 67 ta akademik litsey qoladi, deb ma’lum qildi Oliy va maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov Xalqaro-press klub yig‘ilishda.
«Endi har bir oliygohga faqatgina bitta litsey biriktiriladi. Mamlakatda 60 oliygohlar mavjud, bu 60 litsey bo‘ladi degani. Bundan tashqari, ayrim xorijiy oliygohlar, shulardan RDUning Gubkin nomidagi neft va gaz filiali, Xalqaro Vestminster va Turin politexnika universitetlari va boshqa ayrim oliygohlar o‘z litseylariga ega emas. Ularning soni 7 tani tashkil qiladi, yuqoridagi raqamlar mana shundan kelib chiqqan», — degan vazir.
Majidovga ko‘ra, O‘zbekistonda ta’lim jarayoni yuqori darajada bo‘lgan va oliygohlar talabiga javob beradigan litseylar qolishi kerak. Shuning uchun litseylarning asosiy vazifasi — o‘quvchilarni oliygohlarga tayyorlash va yoshlardagi ma’lum yo‘nalishdagi iste’dodlarni ochish bo‘lib qoladi.
«Yangi qoidalarga ko‘ra oliygohlar va litseylar bir joyda bo‘lishi kerak. Ular yagona o‘quv dargohi bo‘lishi zarur. Oliygohlar litseylardagi o‘quv jarayonida ishtirok etadi. oliygoh talablari asosida tayyorlash maqsadida litsey o‘quvchilariga eng malakali o‘qituvchilar tomonidan darslar o‘tiladi», — deb ta’kidlagan Inom Majidov.
Bundan tashqari, vazirga so‘zlariga ko‘ra, litseylarga qabul qilish yangi tartibi 2018/2019 o‘quv yilidan boshlanadi. Unda umumta’lim maktablarini bitirgan iqtidorli yoshlarni saralash mexanizmini tatbiq etish ko‘zda tutilgan.
«Bu yerda yagona uzilmas ta’lim zanjiri haqida gap ketmoqda. Ya’ni o‘quvchi litseyni bitirgandan so‘ng shu sohadagi oliygohga kiradi. Masalan, texnik universitet qoshidagi litsey jismoniy tarbiya yoki musiqa emas, balki matematika, fizika, kimyo fanlarini yaxshi biladigan yoshlarni tanlab olishga manfaatdor bo‘ladi. Litseylarga aynan shu yo‘nalishlar qiziq bo‘ladi, hammasi biriktirilgan oliygoh mutaxassisligiga bog‘liq bo‘ladi. Asosiysi — mazkur o‘zaro bog‘liqlik ishlashi kerak»- dedi Majidov.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda mamlakatda 144 ta akademik litsey faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda aniq, umumiy-gumanitar, xorijiy tillar, madaniyat va san’at fanlari o‘qitiladi. Litseylarni har yilda o‘rtacha 35 ming yoshlar bitiradi. Yaqin kunlarda qator litseylarni tugatish ro‘yxati tasdiqlanadi.