Oiladagi otaning o‘rni farzand tarbiyasida ko‘rinadi

Hozir shunday bir zamonda yashayapmizki, har tomondan to‘xtovsiz yangiliklar oqimi hayotimizga kirib kelmoqda. Hatto, uncha-muncha yangilik bilan odamlarni hayron qoldirolmaysiz.

Farzandlarimiz doimo ana shu yangiliklar og‘ushida. Biz kattalar esa bola qanday yangiliklarni qabul qilayotganligini nazorat qilish nari tursin, aksar hollarda vaqtimiz yo‘qligi, behafsalalik, loqaydligimiz sabab qiziqib ham ko‘rmaymiz. Aynan shu kabilar farzandlarimizning yo‘ldan og‘ishiga, nobakorlarning maqsadlarini amalga oshirishlariga yo‘l ochib bermoqda.

O‘zbek oilalarida qadimdan erkak kishining o‘rni muhim muhim bo‘lib kelgan. Chunki erkak oila boshlig‘i va xaloskori sifatida og‘ir ishlarni bajarish, muammolarni hal etishi lozim. Oilani moddiy tomondan ta’minlash, turmush o‘rtog‘i va farzandlarining yurish-turishi, odobi va boshqa tarbiyaviy jihatlariga mas’ullik ham ularning vazifasi sanaladi.

Sharqona muomala madaniyatiga ko‘ra, kishining mavqei uning o‘tirgan o‘rni bilan belgilanadi. Shuning uchun ham oila boshlig‘i bo‘lgan otaga uyning va dasturxonning to‘ridan joy ajratiladi. Undan oldin hech kim taomga qo‘l uzatmasligi, u duo qilmasdan hech kim turib ketmasligi kerak.

Onalar bola tarbiyasida ham turmush o‘rtog‘ining obro‘sidan foydalanishgan. Agar ota farzandini, asosan o‘g‘lini biror nojo‘ya ishi uchun jazolasa, onaning aralashishi mumkin bo‘lmagan. Psixologlarning aniqlashlaricha, bu xatti-harakat pedagogik ahamiyatga ega. Chunki agar ota farzandini jazolaganda ona uni himoya qilsa, bolada o‘z xulq-atvori, xatolariga tanqidiy qarash shakllanmaydi. O‘zini asossiz jazolangan hisoblaydi va bora-bora ota-onasini pisand qilmay qo‘yadi.

Oilada erning obro‘si avvalo, uni ayoli qanchalik hurmat qilishiga bog‘liq. Chunki o‘zi turmush o‘rtog‘ini e’zozlamagan ayol bolalarini otasiga hurmat ruhida tarbiyalay olmaydi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra oilada ota rolining kuchsizlanishi bu katta ijtimoiy fojeadir. Boisi, bu holatda oilaning barcha ichki va tashqi tizimi, o‘zini idora qila bilish va mukammal intizomga bo‘lgan intilish ham yo‘qoladi.

Farzandlarimiz tinch va fayzli umr kechirishlari uchun ularga otani hurmat qilish, uning rizoligiga erishish yo‘llaridan saboq beraylik. Zero, hayotning azaliy falsafasi shuni taqozo etadi.

Ota-ona doimo farzandlariga axloq-odobning muhim me’yorlari – so‘zlash, ovqatlanish, boshqalar bilan muomala qilish, mehmon kutish, tozalik, ozodalik kabi fazilatlarni sekin-astalik bilan o‘rgatib borishlari shart. Albatta, o‘g‘il va qiz bolalarni tarbiyasi o‘ziga xos va bir-biridan farq qiluvchi xususiyatga ega.

Yana o‘qing:  Kechirasiz, ro‘yxatdagi dorilar bormi...?

Xullas, yuqorida ta’kidlab o‘tilgan turmush go‘zalligi mezonlari, oila uchungina emas, balki jamiyat uchun ham alohida ahamiyat kasb etadi. Agar oila mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham taraqqiy etadi.

O‘tkir ISLOMOV,

Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi katta ilmiy xodimi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: