O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari Bolgariyada o‘tgan xalqaro musobaqada 2-o‘rinni egalladi

O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari Bolgariyada bo‘lib o‘tgan “Chegara bilmas matematika” xalqaro musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Musobaqa finalida dunyoning 11 davlatidan 1 ming 200 nafardan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi. Unda o‘quvchilarimiz 60 daqiqa ichida 20 matematik masalani yechishga muvaffaq bo‘lib, mamlakatimiz yoshlari iqtidorini yana bir bor namoyish etdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining “Kamalak” bolalar tashkiloti faollari ularga faxriy yorliq, esdalik sovg‘alari topshirdi.

Tadbirda ishtirok etgan ustoz-murabbiylar, sovrindor o‘quvchilarning ota-onalari, jamoatchilik vakillari yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga, ularning kamolotiga qaratilayotgan yuksak e’tibor tufayli yoshlarimiz xalqaro miqyosdagi fan va sport olimpiadalarida, nufuzli ko‘rik-tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, yurtimiz sha’nini munosib himoya qilayotganini alohida e’tirof etdi.

– Bu musobaqada maktabimiz o‘quvchilari ilk bor ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi, – deydi «Intellect» xususiy maktabi ilmiy bo‘lim mudiri Natalya Bannova. – Bundan haqli ravishda faxrlanamiz. Yoshlarimiz iqtidorli, bilimga chanqoq. Mamlakatimizda ta’limga qaratilayotgan yuksak e’tibor tufayli ular o‘z bilimlarini xalqaro miqyosda ham namoyish etib, hech kimdan kam emasliklarini isbotlamoqda.

Bolgariyada oltin, kumush va bronza medallar shodasini qo‘lga kiritib, Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘targan yoshlarimizning yutug‘i mamlakatimizda yoshlarga oid olib borilayotgan oqilona siyosatning samarasidir.

– Musobaqa juda qiziqarli bo‘ldi, – deydi “Chegara bilmas matematika” xalqaro musobaqasi oltin medali sohibi Nigina Inoyatova. – Birinchi marta ishtirok etganim uchun sal hayajonlandim, ammo olgan bilimlarim, ustozlarimiz, ota-onamning qo‘llab-quvvatlashi menga shijoat bag‘ishladi. Kelajakda matematikani chuqur egallab, Vatanimizga xizmat qilaman.

Ulug‘bek Asrorov,

O‘zA

Yana o‘qing:  “SALOMATLIK BURCHAGI”: SOG‘LOM KELAJAK SARI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: