Shakarni ko‘p iste’mol qilish ruhiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi

London universitet kolleji olimlari 8000 dan ziyod odam ishtirokida shakar iste’moli miqdori to‘g‘risida so‘rov o‘tkazdi. Ma’lum bo‘lishicha, shakar va shirin mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilish yaqin besh yil ichida psixologik kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi.

Depressiya va bezovtalik ham shular jumlasidan. Mutaxassislar bunday holatlar yuzaga kelganda ratsiondagi shakar miqdorini kamaytirishni maslahat beradi. Lekin Britaniya Diyetologiya uyushmasi xodimi Ketrin Kollinz bu fikrga qarshilik bildirdi. U mutaxassislarning yuqoridagi tavsiyasi hech qanday ishonchli dalil yoki asosga ega emasligini ta’kidladi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi haqida bilasizmi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: