Tadqiqot: stress va egoizm yaxshi chiqishmaydi
Regensburg universiteti xodimlari odamdagi stress reaksiyasini tadqiq qilishdi. Tajribalar erkaklarning aksariyati stress holatida egoistik qaror qila olmasligini ko‘rsatdi. Tadqiqotga 50 kishi jalb qilinib, ular ikki guruhga ajratildi. Birinchi guruh a’zolari stressga duch keldi, ikkinchi guruh esa yo‘q.
Tekshiruvda barcha ishtirokchilar fe’l-atvorni bilib olishga qaratilgan savollarga javob berishdi. Bir vaqtning o‘zida kortizol – stress gormoni darajasini baholash uchun ularning so‘lagidan foydalanildi. Natijada, sezilarlicha stress holatida bo‘lgan odamlar egoistik qaror qabul qilmasligi ma’lum bo‘ldi. Olimlar bu evolyusion mexanizmning ko‘rinishi bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilishdi, lekin ular hozircha xulosa chiqarishga shoshilgani yo‘q.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.