Olimlar fikri: muzqaymoqni issiq paytda yemaslik kerak
Germaniyalik olimlar issiq paytlarda muzqaymoq yeyish sog‘liq uchun zarar ekani haqida ogohlantirmoqda. Bunday paytda muzqaymoq insonning burun-halqum hududlarida yashovchi bakteriyalarning faollashuviga olib keladi. Halqum, bo‘g‘iz, yuqori nafas yo‘llari sovqotishi natijasida organizm zaiflashadi va virusli, bakteriyali kasalliklar kelib chiqadi, deb yozadi «RuNews24» nashri.
Yaqinda yaponiyalik olim Yosixiko Koga ertalab turib muzqaymoq iste’mol qilish aqlni tiniqlashtirishini aniqlagan edi. Muzqaymoq reaksiya tezligini oshiradi va jahlni bosishga yordam berishi aytilgandi. Yosixiko o‘tkazgan tadqiqotda ishtirokchilardan tongda muzqaymoq yeyish so‘raldi. Keyin esa ular kompyuterda bir qancha topshiriqlarni bajardi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ertalab muzqaymoq iste’mol qiladiganlar yangi axborotlarni yaxshi qabul qiladi va tez fikrlaydi, deb topildi.
Professor muzqaymoqning sovuqligi tufayli miyada biroz shok holati yuz beradi, deb hisoblaydi. Bu nazariyani boshqa ishtirokchilarda ham sinab ko‘rildi: ular tongda bir stakandan sovuq suv ichishdi. Bu ham, albatta miyani tetiklashtirdi, lekin muzqaymoqchalik emas. Hozir olim muzqaymoqning aynan qaysi tarkibi ijobiy ta’sirga sabab bo‘lishini aniqlashga harakat qilyapti.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.