Uzoq vaqt mashina haydash aql-idrokni pasaytiradi

Minglab odamlar ko‘p vaqtini avtomobil tirbandligida o‘tkazadi. Bu esa intellekt (IQ) darajasini pasaytiradi. “Rossiya gazetasi”da aytilishicha, har kuni ikki soatdan ortiq avtomobil haydash ham xuddi shunday ta’sir ko‘rsatadi.

Lester universiteti olimlarining fikricha, uzoq vaqt rulda o‘tirish o‘rta va keksa yoshdagilar uchun xavfli. Chunki bu bosh miya faolligining susayishiga olib keladi. 37–73 yosh oralig‘idagi 500000 nafar britaniyalik ishtirokida besh yil olib borilgan tekshiruv yuqoridagi fikrlarni isbotladi. Olimlar IQ kam harakatlik darajasi bilan bevosita bog‘liqligini ta’kidlamoqda.

Kolumbiyalik mutaxassislar esa tez-tez mashina minib turishni maslahat beradi. Ularning fikricha bu aqli zaiflikdan saqlaydi. Muntazam rulda o‘tirish tetik bo‘lishga, o‘zini nazorat qilishga yordam beradi.

Bundan tashqari shaxsiy avtomobildan foydalanish pensionerlarga uydan tez-tez chiqib turishga, faol hayot tarzida bo‘lishiga imkon beradi. Olimlarning so‘zlariga qaraganda, agar ashaddiy haydovchilar bu faoliyatini to‘xtatsa, ularning ruhiy va jismoniy sog‘ligi yomonlashadi. Bu esa depressiyaga olib kelishi mumkin.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Keksalarga tibbiy ko‘mak

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: