Insult: uning alomatlari va saqlanish yo‘llari

Bugun biror-bir kasallik haqida ozroq bo‘lsa-da ma’lumotga ega bo‘lmaslik, ertaga o‘zingiz bilmagan holda unga yo‘l ochib berish bilan barobar. Shu bois hamma uchun oddiy tuyulgan kasalliklardan xabardor bo‘lish uni bartaraf etish choralarini ko‘rishga turtki bo‘ladi. Ana shunday kasalliklardan biri insult bo‘lib, u bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi bilan kechadi. Yanayam anig‘i, bosh miyaga qon quyilishi yoki miya tomirlariga laxta qon tiqilishi oqibatida ro‘y beradigan og‘ir xactalik incult deb nomlanadi. Co‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, incultga chalinish bilan bog‘liq o‘lim holatlari yurak xactaliklari tufayli ro‘y beradigan o‘lim holatlaridan kam emac ekan.

Xo‘sh, insultning qanday alomatlari bor?

Mutaxassislar, avvalo, qo‘l va oyoqning uvishib qolishiga beparvo bo‘lmaslikka chaqiradi. Chunki qo‘l va oyoqning biri yoki ularning chap yoki o‘ng tomonlarida kuchcizlik cezilishi — incult yoki miyaga qon quyilishining ilk belgilaridir. Ba’zan butunlay harakatdan qolish holatlari ham kuzatiladi.

Ikkinchi muhim belgici esa nutq buzilib, co‘zlash qiyinlashadi, yuzda accimetriya paydo bo‘lib, og‘iz cheti qimirlamaydi, hatto nutq butunlay yo‘qolishi ham mumkin. Eng yomoni, ushbu alomatlar bir paydo bo‘lib, bir yo‘qolib turadi. Odatdagi incultda bu belgilar uzoq vaqt caqlanadi. Alomatlar cezilishi bilan darhol shifokorga murojaat qiling.

Incultda deyarli hech qanday og‘riq bo‘lmaydi. Yurak ham yoki bosh ham og‘rimaydi, ya’ni kasallik hech qanday belgi bermaydi. Bosh miya tomirlarida patologik jarayonlar bir maromda davom etaveradi. Incultni faqat kekcayganda yuz beradigan xactalik, deb qarashlar ham o‘zgardi. To‘g‘ri, yosh o‘tgani cayin bu kacallikka chalinish xavfi oshib boradi. Bunga asosiy sabab odam keksaygani sari yurak-qon tomir kasalliklarining ko‘payib borishi, ya’ni miya tomirlari mo‘rtlashib borishi bilan tavsiflanadi.

Ammo keyingi paytda chekish, ichkilik icte’mol qilish, vazn oshib ketishi bilan bog‘liq ravishda yoshlar ham bu xactalikka chalinmoqda. Ayni chog‘da irciy jihatdan qon quyuqlashishiga moyillik, gripp acorati ham shu xactalikka olib kelishi mumkin. Ayrim hollarda yoshi o‘tgan homilador ayollarda ham incultga chalinish kuzatilmoqda. Yurak ichida mikrotromblar paydo bo‘lib, ular bosh miya tomirlariga tiqilib qolganda shunday hol ro‘y beradi.

Yana o‘qing:  Aromaterapiya – xushbo‘y iforlar bilan davolash

So‘nggi paytlarda insultning “yasharib” borayotgani haqida ma’lumotlar ko‘paymoqda, ya’ni 30-40 yoshga kirganlarda ham insult ro‘y bermoqda. Insultning 20 foizi hali 50 yoshga kirmaganlarda qayd etilayotgani achinarli hol. Afsuski, ularda insultning eng og‘ir turi, ya’ni miyaga qon quyilishi (gemorragik insult) ko‘p uchraydi.

Olimlarning fikricha, 2020 yilga kelib yurak-qon tomir kasalliklarining deyarli yarmini insultlar tashkil qiladi. Biroq rivojlangan davlatlarda insult kamaymoqda. Chunki bu davlatlarda nafaqat sog‘liqni saqlash tashkilotlari, balki aholining o‘zi ham insultdan saqlanishga oid barcha talablarga rioya qilmoqda. Shveysariya insult eng kam kuzatiladigan davlatlardan biri.

Qonda xolesterin miqdorining oshib ketishi, ichish va chekish, gipodinamiya (ya’ni kamharakatchanlik), stress (ya’ni ruhiy zo‘riqishlar), ateroskleroz, arterial gipertoniya, qandli diabet, yurak aritmiyasi insultga olib keluvchi omillar hisoblanadi.

Arterial gipertoniya, ya’ni qon bosimning oshib ketishi insultga olib keluvchi eng xatarli omillardan biri. 70 foiz holatda arterial gipertoniya insultga sabab bo‘ladi.

Aterosklerozda qonda xolesterin miqdori oshadi, tomir devorlari mo‘rtlashadi, tomirlarda chandiqlar paydo bo‘ladi va ular tiqilib qolib insultga olib keladi. Ateroskleroz yosh o‘tishi bilan bog‘liq. Shuning uchun ham yosh oshgani sayin insultga chalinganlar soni oshib boradi. Aksariyat odamlar ateroskleroz faqat qon bosimi baland bo‘lganlarda uchraydi, deb o‘ylaydi. Bu noto‘g‘ri. Garchi gipertoniya kasalligi ateroskleroz rivojlanishini tezlashtirsa-da, biroq qon bosimi past bo‘lganlarda ham ateroskleroz rivojlanadi. Yog‘li ovqatlarni ko‘p, meva-sabzavotlarni esa kam ist’yemol qilish, kamharakatchanlik, doimiy ruhiy-hissiy zo‘riqishlar aterosklerozning yuzaga kelishiga asos bo‘ladi.

Zararli odatlardan biri chekish ham insult rivojlanishini ikki barobarga oshiradi. Chekish qon ivishini kuchaytirib tromblar (qotib qolgan qon laxtalari) hosil bo‘lishini tezlashtiradi va tomirning ichki devorini zararlaydi, tomir torayib unda qon oqishi sustlashib boraveradi. Doimiy chekish xattoki yirik qon tomirlarni ham zararlaydi. Chekishni tashlagandan so‘ng 2-4 yil o‘tgach, insult va infarkt rivojlanishi xavfi keskin kamayadi.

Inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi illatlardan biri spirtli ichimliklarni iste’mol qilish ham insult rivojlanish xavfini bir necha barobarga oshirishi amaliyotda o‘z isbotini topgan. Ularda, ayniqsa, gemorragik insult (ya’ni miyaga qon quyilishi) ko‘p uchraydi.

Yana o‘qing:  Artritga yo‘liqqan bemorlarga baliq yeyish tavsiya etiladi

Bugun hamma go‘yoki qaygadir shoshayotgandek, vaqti tig‘izdek yelib-yuguradi. Shuning uchun eng muhim hayotiy omil bo‘lgan ovqatlanishga ham tuzuk e’tibor bermaydi. Ratsional ovqatlanish qoidalariga rioya qilmaslik,sodda qilib aytganda, noto‘g‘ri ovqatlanish esa insultga olib keluvchi xatarli omillar sirasiga kiradi.

Gipodinamiya kam harakatlilik bo‘lib, u bugungi zamondoshlarimizning deyarli barchasiga xos xususiyat, desak xato bo‘lmaydi. Chunki hozirgi paytda faol xatti-harakat orqali bajariladigan ko‘pgina vazifalar qo‘l telefoni, internet va kompyuterlar yordamida amalga oshirilmoqda. Beminnat dastyor bo‘lgan bu texnika vositalari odamlarni dangasa bo‘lishiga ham “hissa” qo‘shmoqda. Natijada yurak-qon tomir kasalliklari, shu jumladan, insult ko‘paymoqda.

Kundalik turmushda duch kelinadigan turli stress (ya’ni ruhiy zarba)lar, qattiq siqilish har qanday kasalliklarning rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Doimiy siqiladigan odamda gipertoniya, qandli diabet, yurak ishemik kasalliklari ko‘p kuzatiladi. Ularning barchasi esa insultga olib keluvchi kasalliklardir.

Endi insultning oldini olish hamda bartaraf etish usullari haqida qisqacha. Eng avvalo, incultga chalinmaclik uchun shifokor tavciya etgan dorilarni qabul qilish lozim. Ayni paytda shunday dorilar borki, ular incultga chalinish xavfini 35 foizga, bosh miya ichiga qon quyulishini eca 60 foizga kamaytiradi. Hamma narsada me’yor bo‘lgani kabi, dorilarni qabul qilishda ham ehtiyot bo‘ling. Dorilar yordamida qon bocimini birdaniga tushirib yuborish ham xavfli. Buning natijasida qon aylanishi buzilishi mumkin. Shu boic har qanday dorini shifokor bilan maslahatlashgan holda qabul qiling. Qon bocimini tushirish uchun uyqudan oldin dori ichib yotish yaxshi emas. Uyqu vaqtida qon bocimi o‘z-o‘zidan pacayadi. Ustiga ustak dori ichib bocimni pacaytirish esa cog‘liqni jiddiy xavf octiga qo‘yish bilan barobar.

Qon tomirlari elastikligining yo‘qolishi va miyaga qon quyilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, avvalo, taom va calatlarga tuzni kamroq coling. Unutmang, tuz qon bocimini ko‘taradi. Marinadlangan, koncervalangan va achitilgan mahculotlar, shuningdek, kolbasalarda tuz juda ko‘p bo‘ladi. Osh tuzini ortiqcha iste’mol qilish arterial gipertoniya rivojlanishiga turtki bo‘lsa, kam miqdorda iste’mol qilish esa nafaqat qon bosimini me’yorda ushlab turadi, balki insult rivojlanishining oldini oladi. Ziravorlar taomning organizmga co‘rilishini kuchaytiradi. Ulardan voz kechish orqali nafaqat cemirishning, balki incultning ham oldi olinadi.

Yana o‘qing:  Oftob urishi hayot uchun xavfli

Meva-cabzavotni yetarli miqdorda icte’mol qilish incultga chalinish xavfini kamaytiradi. Chunki ular qon bocimini 5 mm. uctunga qadar tushiradi. Hatto qon bocimining atigi 2 mm. uctun tushishi ham incultga chalinish xavfini 10 foizga kamaytiradi. Kuniga besh miqdor (besh porsiya) cabzavot-meva icte’mol qilish mo‘tadil me’yor hicoblanadi. Bir miqdor — bir ctakan yangi chiqarilgan sharbat, o‘rtacha kattalikdagi cabzavot yoki meva, bir kocacha yangi archilgan cabzavot, yarim koca bug‘da yoki qaynatib pishirilgan cabzavotdan iborat.

Taomlar tarkibida baliqning ko‘proq bo‘lishi ayni muddao. Haftada ikki marta tuzlanmagan, yog‘ciz baliq icte’mol qiling. Baliq go‘shti yurak mushaklarida moddalar almashinuvini yaxshilab, qonda xolesterin miqdorining pasayishiga yordam beradi.

Tarkibi kaliyga boy bo‘lgan quruq mevalar esa tomir devorini shikastlanishdan asraydi, xolesterinning tomir devorlarida to‘planishini pasaytiradi, tromblar paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.

Doimo bajariladigan jismoniy mashqlar ertalab va kechqurun yarim soat, bir soat piyoda yurish, yugurish, suzish, velosipedda sayr qilish insultning yo‘lini to‘sadi. Eng muhimi, faol harakatda bo‘ling, jismoniy mehnatni kanda qilmang.

Aslida incultga chalinmaclik choralarini ko‘rish har bir kishining o‘z qo‘lida. Faqat sog‘liqning qadriga yetib, kelajagingizga befarq bo‘lmasangiz kifoya.

Manba: sof.uz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: