Go‘shtsiz parhezlarning ba’zilari yurak uchun zarar

Go‘sht mahsulotlaridan tiyilish foyda yoki zarar ekanligi to‘g‘risidagi muzokaralar davom etmoqda. Misol uchun, Amerika kardiologiya kollejida o‘tkazilgan so‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, go‘shtsiz parhezlarning ba’zilari xavfli deb topildi. Sababi, vegetarianlar ko‘pincha shakarga boy mahsulotlardan tayyorlangan ovqatlarni iste’mol qiladi. Bu esa, yurak qon-tomir kasalliklari rivojlanishi xavfini oshiradi, deb yozadi «Lenta.RU».

Olimlar 200000 dan ortiq odamlar misolida parhezning uchta turini tahlil qilishdi. Birinchi parhez tarkibiga o‘simlik va go‘sht mahsulotlari, ikkinchi parhezga donli mahsulotlar, meva va sabzavotlar kirdi. Uchinchi parhez esa go‘shtsiz, lekin qovurilgan kartoshka hamda shirin ichimliklardan tarkib topdi. Parhez ta’siri 20 yil mobaynida baholab borildi. Tadqiqot boshlangan paytda ishtirokchilarning hech birida insult, saraton yoki yurak kasalliklari yo‘q edi.

Tadqiqot davrida 9000 dan ziyod qatnashchida yurak kasalliklari paydo bo‘ldi. Ikkinchi turdagi parxezga amal qilganlar muammolarga juda kam duch kelishdi. Birinchi va uchinchi turdagi parhezlar esa yurak-qon tomir kasalliklarining yuzaga kelish xavfini sezilarli darajada oshirgani ma’lum bo‘ldi. Olimlar go‘shtsiz parhezlarning hammasi ham foydali emasligini ta’kidlamoqda.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Olimlar miya saratoni va mobil telefonlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni rad etdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: