“OILAM – QUTLUG’ BOG’IM” TANLOVIGA

OTAJONIMGA

Mo’min, qobil farzand bo’l,

Deydi otajonimiz.

Ular tufayli shodmiz,

Yorug’ keng jahonimiz.

Mehnat qilib tolmaysiz,

Farzandim deb erta-kech.

Boshimizni silaysiz,

Ozor bilmang ota hech.

Kamola MIRXOJIYeVA,

Toshkent shahar, Hamza tumanidagi 155-maktab, 7-sinf o’quvchisi.

Xusni go’zal oq gulim,

Gulbog’imning chiroyi.

Qachon kirsam bog’imga,

Xushbo’y iforli joyi.

U misoli kelinchak,

Oq yuzini ochganda,

Bosh egib salom berar,

Hidlarini sochganda.

O’g’iloy HOSHIMOVA,

poytaxtimizning Hamza tumanidagi Ko’zi ojizlar

maktab-internati 8-sinf o’quvchisi

BAXTLI BOLALIK

Bizlar quvnoq bolalar,

Ochilgan gul-lolalar.

Davru davron suramiz,

O’sib kuchga to’lamiz.

Bolalik ulug’ ne’mat,

Erur barchaga birdek.

U umrimiz gul fasli,

Bebaho oltin, durdek.

Shodligu quvonchlarga,

To’lar doimo yurak.

To’yguncha o’ynang do’stlar,

G’am-u tashvish ne kerak!

Bolalik shunday tuyg’u,

Quvonch berar dillarga.

Rangi o’xshar go’yoki,

Xushbo’y, moviy gullarga.

Yulduz SheRALIYeVA,

«Nafis g’unchalar» to’garagi a’zosi

OLMA

Shirin-shakar olmaman,

Hammaga xush yoqaman.

Derlar, – mevalar zo’ri,

Shoxdan kulib boqaman.

Vitaminga boydirman,

Tatib ko’rsang bilasan.

Yemasang holing yo’qdir,

Yesang sog’lom bo’lasan.

Shoxlarimni sindirma,

Mo’l hosilim ko’rasan.

Parvarish qilaversang,

Mevamni yeb yurasan.

Nozima MURODOVA,

Toshkent shahar, Shayxontohur tumani,

40-maktab, 7-sinf o’quvchisi

KOPTOK

Gapga sira kunmaydi,

Akasi ketsa chopib.

Qayga borsa ortidan,

Singlisi borar topib.

Ra’noxonning o’zi zo’r,

Futbolni xush ko’radi.

Qachon o’yin boshlansa,

Hakam bo’lib turadi.

O’yin qoidasida,

Adolat hukm surar.

Lekin bizning hakamda,

Hamisha durrang bo’lar.

Nima qilsin Ra’noxon,

Hisobda adashadi.

Ikki taraf ham birdek,

Gollarni yo’llashadi.

Maxbuba QO’LDOShYeVA,

«Nafis g’unchalar» to’garagi a’zosi

ONAJON

Onajonim mehribonimsiz,

Quyosh kabi mehrga konim.

Bu dunyoda tengi yo’q buyuk,

Sizla shodon o’tar har onim.

Boshim uzra parvona bo’lib,

Alla aytib tunlari bedor.

Jismu joni o’rtanib ketar,

Ozor chekib gar bo’lsam bemor.

Yurakkinam har dam qumsaydi,

Onajonim bor bo’ling doim.

Ko’ningizga yarasam deyman,

Asrab yursin Sizni Xudoyim.

Mo’minjon TO’LQINOV,

poytaxtimizdagi 178-maktab o’quvchisi

Yana o‘qing:  Teran nigohlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: