Boks Olimpiada tarkibidan chiqarib tashlanadimi?
Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasi Prezidenti Ching Kuo Vu boksning Olimpiada tarkibidan chiqarib tashlanishi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.
«Boks Olimpiadaning eng asosiy qismlaridan biri. Hech kim boksni Olimpiada dasturidan chiqarib tashlay olmaydi. Men mish-mishlarni rad etaman. AIBA Prezidenti sifatida sizlarni ishontirib ayta olamanki, boks Olimpiada tarkibida qoladi», – deydi u.