Tabiatning o‘zi tabib

Tibbiyot turizmi atamasi doimiy yashash joyidan tash­qaridagi amaliy taklif etilgan tibbiy xizmat turi bo‘lib, u insonlarning o‘z turar joyidan tashqarida dam olish bilan bir qatorda yuqori malakali tibbiy yordam olishni ham anglatadi.

Tibbiyot turizmi o‘zining ming yillik tarixiga ega. Qadimdan bemorlar juda ko‘p masofalarni mashhur tabiblardan shifo topish maqsadida bosib o‘tishgan. Yoki sayohat va savdo maqsadlarida uzoqlarga yo‘l olganlarida o‘zlari bilan albatta tabiblarni ham birga olib ketishgan. Bugungi kunda insonlar o‘z sog‘ligi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni turli davlatlarda yechimi borligi haqida ko‘p ta’kidlashadi. Sog‘­lomlashtirish turizmi eng ommabop va mashhur turizm yo‘nalishi hisoblanib, uning kelib chiqishi antik davrlarga borib taqaladi. Qadimgi greklar o‘zining sog‘ligini tiklash uchun dam olish sihatgohlari, hammomlar, gimnastika maktablari mavjud muqaddas shifo maskanlari Asklepiya va Epedavrga borishgan. Ma’danli suv bilan davolash qadimgi Rim imperiyasi davridan bo‘lib, hozirgi vaqtda ko‘plab Yevropa davlatlari kurortlarida mavjud. Qadimgi davrlardan buyon insoniyat mineral suvlardan va shifobaxsh loy va balchiqlardan davolash maqsadida foydalanib kelishgan. Sog‘­lomlashtirish turizmi kurortologiya asosida vujudga kelgan. Kurortologiya bu tabiiy davolash omillari haqidagi fan bo‘lib, ushbu omillarning inson organizmiga ta’siri va undan tabiiy davolanish uslublarini o‘rganish to‘g‘risida ma’lumot beradi. Kurortologiya sog‘­lomlashtirish turizmining asosi hisoblanib, Yevropada XVII asrdan boshlab faol rivojlana boshlagan. XIX asrning oxirida farmakologiya fanining rivojlanishi turizmning mazkur yo‘nalishini anchagina nazardan chetda qoldirdi. Biroq, XX asrda insoniyatning baribir tabiiy davolanishga bo‘lgan ehtiyoji yanada oshdi. Tabiiy manbalardan foydalanib davolanish haqidagi bilimlar jamlanib kurortologiya faniga asos solindi. 1958 yil kurort ishlari bo‘yicha Xalqaro federatsiya tashkil etildi.

1. Balneologiya – kurortologiya fanining bo‘limi bo‘lib, ma’danli suvlarning davolovchi fizik-kimyoviy xususiyatlarini, turli xil kasalliklarni davolashda organizmga ta’siri hamda ularning kurort va kurort bo‘lmagan sharoitlarda qo‘llanish xossalarini o‘rganadi.

2. Balneoterapiya – davolash usullarini, profilaktika va kasal bo‘lgan organizmning vazifalarini tiklash, tabiiy va sun’iy holatda tayyorlangan minerallar bilan kurort va kurort bo‘lmagan sharoitda davolash.

3. Tibbiy loy bilan davolash — kurort va kurort bo‘lmagan sharoitda organizm uchun foydali sanalgan shifobaxsh balchiq yoki loy bilan davolash.

Yana o‘qing:  Vasiylik va homiylik

4. Klimatoterapiya – organizmdagi kasalliklarni oldini olish jarayoni bo‘lib, iqlim va ob-havo omillari hamda maxsus iqlim muolajasi orqali davolash.

5. Kurortografiya – tabiiy sharoitdagi davolanish maskanlari joylashgan joylarni va ulardagi davolash omillari tasnifi haqida ma’lumot beradi.

Kurort – tabiiy ahamiyatli xususiyatlarga ega, turli xil shifobaxsh ma’danlar, shifobaxsh loylar va alohida iqlim sharoitlari (dengizlar, ko‘llar, tog‘ landshaftlari, o‘rmonlar, qum va bosh­qalar)ga ega shifo maskanidir.

Kurort ishlari asosan Fransiya, Germaniya, Avstriya, Shveysariya, Sloveniya, Chexiya, Vengriya, Bolgariya, Isroil, Ruminiya, Rossiya, Janubiy Koreya kabi davlatlarda yaxshi rivojlangan. Isroil davlati kurort sohasi bo‘yicha ko‘pgina yutuqlarga erishgan bo‘lib, bu mamlakatda “O‘lik dengiz” butun dunyo kurort markaziga aylantirilgan.

Kurort uchun quyidagi asosiy omillar talab qilinadi:

– Landshaft-iqlim sharoitiga ega bo‘lish;

– tibbiy loy bilan davolash;

– mineral (ma’dan)larning mavjudligi.

Davolash-sog‘lomlashtirish turizmi bu alohida va jamoa bo‘lib dam olish turi bo‘lib, bunda inson organizmi sog‘­ligini tabiiy davolash, muolaja qilish nazarda tutiladi. Ushbu turizmning maqsadi – odamlarning dunyo g‘aroyibotlarini ko‘rishi uchun sayohat qilishi bilan bir qatorda dam olish va davolanishdir.

Sog‘lomlashtirish turizmi turistik sanoatning eng ilg‘or yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u XXI asrda ommaviy tarzda rivojlanib, zamonaviy tibbiyotda sog‘­lom tana va ruhning uyg‘unligi uchun xizmat qilmoqda.

A.Muhammadiyeva,

ToshPTI ordinatori,

J.Xidirov,

TAQI metodisti

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: