Oshxona bekalari uchun ajoyib pichoq
Pichoq eramizdan ikki yarim million yil avval kashf etilgan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida uning tashqi ko‘rinishida deyarli o‘zgarish bo‘lmadi. Bugungi kunda uning turlari juda ko‘p.
Ma’lumki, pichoqdan ko‘p foydalanish qo‘lning toliqishiga sabab bo‘ladi. Bu noqulaylikni inobatga olgan holda yangi ko‘rinishga ega “bolo” pichog‘i yaratildi. Uning o‘ziga xosligi shundaki pichoqning asosi aylana, ya’ni halqa shaklida bo‘lib, halqaning yarim qismi maxsus tutqich ostidan harakatga keladi. Bu esa ushlashga juda qulay hisoblanadi. Ushbu oshxona jihozi aylanma harakati orqali istalgan mahsulotni qo‘lni ortiqcha toliqtirmasdan bir zumda to‘g‘ray oladi.
Uni tozalash qiyin emas. Maxsus g‘ilof esa pichoqqa bexosdan shikast yetishining oldini oladi.
G.EGAMBERDIYEVA