Tabiat shifoxonasi

Siz hech e’tibor berib ko‘rganmisiz tabiatda o‘suvchi turli ne’matlar inson a’zolariga o‘xshab ketadi. Xotiramiz susaysa tabiblar yong‘oq yeyishni tavsiya etishadi. Ichi to‘la yog‘ bo‘lgan bu quruq mevaning tuzilishi bosh miya shakliga o‘xshaydi.

Uning tarkibida o‘rnini almashtirib bo‘lmaydigan tabiiy yog‘ kislotalari mavjud. Ayniqsa, go‘shtqiymalagichda o‘tkazilgan 100 gr. yong‘oq, 100 gr. mayiz,100 gr. seret va sifatli turshakni shuncha miqdordagi tabiiy asal bilan aralashtirilib kun davomida 3 mahal 3 osh qoshiqdan iste’mol qilinsa og‘ir darajadagi kamqonlikka uchragan bemorlar ham oyoqqa turib ketadi. Ushbu muolaja bir oy davomida amalga oshiriladi. Bemor muolajadan avval gemoglobin miqdorini aniqlashi zarur. Buning uchun u laboratoriyaga qon topshiradi.

Yana bir qiziq ma’lumot. Qizil lavlagi, pomidorning ayrim navlari va o‘rikning shakli yurak timsolini xayolingizda jonlantiradi. Loviya esa buyraklarni eslatadi. Pomidor tarkibidagi likopin moddasi yurakka ijobiy ta’sir etadi. Odamgiyoh (jenshen) yoki mehrigiyoh shifobaxsh hisoblanadi. Uning tuzilishi odam organizmi shakliga o‘xshaydi. Bu o‘simlikning ayol va erkak kishiga o‘xshash qiyofali ildizlari ham mavjud. Qizil rangli barcha mahsulotlar qonni va jigarni tozalaydi. Sariq tusli va shafaq rangidagi meva-sabzavotlar esa bizga quyosh timsoli bo‘lib ko‘rinadi. Bu mevalar depressiya (tushkunlik)dan asraydi va kayfiyatni ko‘taradi. Qizil, qora va oq loviya, mosh, no‘xat, soya, yasmiq, grechka go‘sht o‘rnini bosuvchi tabiiy oqsilga boydir.

Ayniqsa, qizil loviya va grechka tarkibida temir moddasi ko‘p.Olma va nokni o‘rtasidan kessangiz bir oz vaqt o‘tib qorayib qoladi. Chunki, bu mevalar tarkibida ham temir moddasi mavjud.Soya ko‘rinishidan moshga o‘xshash, ammo och yashil tusli hamda undan kattaroq va loviyadan kichikroq dukkakli mahsulotdir. U asosan Yaponiya, Koreya, Xitoy kabi mamlakatlarda ko‘proq yetishtiriladi. Hozirda O‘zbekistonda ham soya ekilmoqda. Ushbu dukkakli mahsulot tarkibida esterogen, ya’ni ayollar gormonini eslatuvchi tabiiy modda bor. Shu sababli geni o‘zgartirilmagan mahsulot (GO‘M bo‘lmagan soya) bo‘lsa shifobaxsh hisoblanadi. Undirilgan soyaning oqish tusdagi maysasidan tayyorlangan salat hamda undan tayyorlangan tofu mahsulotini iste’mol qilish xotin-qizlar terisini yoshartiradi, ularning reproduktiv a’zolariga ijobiy ta’sir etadi. Shuning­dek, bedana tuxumi tarkibidagi Ye vitamini ham erkak va ayollar reprodkutiv a’zolari faoliyatini yaxshilaydi. Ularning immunitetini ko‘taradi va yoshartiradi. Sobiq Ittifoq davrida hatto, Chernobil atom stansiyasi portlaganidan so‘ng kuchli radiatsiya nurlanishiga duchor bo‘lgan bemor bolalarga shifokorlar uch oy davomida xom bedana tuxumini tavsiya etishgan. Bu jarayonni ular qat’iy nazorat ostiga olishgan. Natijada bemorlarning qon tahlilida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgan. Yaponiya maktablarida o‘quvchilar taomnomasiga bedana tuxumi kiritilgani ham bejiz emas.

Yana o‘qing:  Ayollar maslahat markazi onalar va bolalar salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi

Mol yoki qo‘yning pishiril­gan miyasiga tuz va murch sepib, uni yaxshilab iylab yesangiz miyangizni oziqlantiradi. Chunki, jonivorlar miya to‘qimasi ham odamniki kabi liposomalardan tashkil top­gan. Bu jonzotlar ko‘zi iste’mol qilinsa inson ko‘zi ravshan tortadi. Ularda ham liposomalar mavjud.

Shuning uchun har birimiz qanday luqma yeyishimizga e’tiborli bo‘laylik. Sababi odamzot uchun yeyishga yaroqsiz turli jonzotlar va maxluqlarning nopok go‘shtini tanovul etish fe’l-atvorimizda hayvoniy sifatlarni rivojlantirsa ne ajab!

Gulchehra ShIRINOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: