Bolalarda kechuvchi tutqanoq xuruji va epilepsiya: uning sabab va oqibatlari xususida (davomi)

Davomi, boshi: Bolalarda kechuvchi tutqanoq xuruji va epilepsiya: uning sabab va oqibatlari xususida

  1. Epizodik tutqanoq xurujlari bemor bolaning buyrak kasalliklari (azotemiya, uremiya, qand kasalligi (diabetik koma) sababli organizmda moddalar almashuvining buzilishi va endogen (ichki) zaharlanishdan kelib chiqadi.
  2. Endokrin bezlar faoliyatining patologiyasi (nuqsoni), moddalar almashuvining buzilishi (adipozogenital semirish, Bazedov kasalligi, Bazedovizm – qizlarda uchraydi) natijasida kelib chiqadigan tutqanoq xurujlari bemorning balog‘atga yetishi va endokrin bezlar faoliyatining normal holga kelishi bilan yo‘qolib ketishi mumkin.
  3. Raxit va spazmofiliya 4-6 oylikdan to 2-3 yoshgacha bo‘lgan bolalar kasalligi bo‘lib, u qon tarkibida fosfor va kalsiyning to 6-7 mg foizgacha kama­yib ketishiga (norma 10-12 mg foiz) va D-gipovitaminozga olib keladi. Bunday bolalarda havo haroratining pasayishi (sovuq faslda) tutqanoq xurujini bosh­lanishiga sabab bo‘ladi. Buning asosida mineral moddalar almashinuvining buzilishi va alkaloz, laringospazm (laringit sababli kekirdakning yallig‘lanib, torayib qolishi), tetaniya, eklampsiya chaqirishi natijasida qo‘l mushaklarida tonik holda kuzatiluvchi tutqanoq xuruji ro‘y beradi. Bemorning qo‘l kaftlari “akusher qo‘li” klinik belgisi tusini oladi. Yuz mushak­lari tetanik holda tortishib, sox­ta kulish, yuzning, burunning, ko‘zning qiyshayishiga olib keladi. Asab tolasining galvanik tokka nisbatan qo‘zg‘aluvchanligi oshib ketadi (normada 5 ma). Bemorda 5 madan kam tok asab tolasida qisqarish chaqiradi.
  4. Isterik (jazava) tutqanoq xurujlari tonik holda bo‘lib, asosan tana mushaklarida va sust­roq darajada oyoq va qo‘l mushak­larida kuzatiladi. Uning kelib chiqishiga birorta affektiv holat sabab bo‘ladi. Xuruj tugagach bemor irsiy epilepsiya kasalligi mavjud xasta kabi uyquga ketmaydi. Paresteziya, tilni tishlab olish, og‘izdan ko‘pik ajralishi, chanoq a’zolarining faoliyatini buzilishi kuzatilmaydi. Tutqanoq xuruji vaqtida bemorning tashqi ko‘rinishi tarang holatni eslatadi. Epilepsiyada bemorda aura, tonik, klonik bosqich va uyqu kuzatiladi.

Bolalarda kuzatiladigan tutqanoq xurujlarining patofiziologiyasi ostida asab tizimining hamma sohalarida qo‘zg‘aluvchanlikning oshib ketishi va shu holatni bosh miya po‘stlog‘ining ayrim sohalarida konsentratsiyalanishi (motor sohasida), boshqa sohalarida tormozlanish va qo‘zg‘aluvchanlikning po‘stloq osti tugunlariga tarqalishi yotadi. Uzoq davr davomida tutqanoq xurujining mexanizmini bosh miya qon-tomirlarida ro‘y beruvchi spazm (torayish) va miya to‘qimasining ishemiya­si (qonsizlanishi) bilan tushuntirilar edi. Lekin aksariyat ilmiy tekshiruvlar natijasida tutqanoq xuruji asosida miya po‘stlog‘ining hujayralarida elektrik potensialning tebranishi yotadi. Tutqanoq xuruji esa bosh miya qon tomirlarining spazmi bilan kuzatiladi degan xulosa bor. So‘nggi yillardagi ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra tutqanoq xurujining ro‘y berishi asosida bosh miya po‘stlog‘ining ayrim qismlari hujayralarining qo‘zg‘aluvchanligini o‘zgarishi va hujayra membranasi o‘tkazuvchanligining o‘zgarishi yotadi.

Yana o‘qing:  Umurtqa pog‘onasi – tana asosi

Natijada miya to‘qimasida gipoksiya (kislorod yetishmovchiligi), zaharlanish, mayda va yirik qon tomir havzalariga qon quyi­lishining, natijasida bosh miya to‘qimasining bo‘kishi va uning nobud bo‘lishi hamda hujayrasiz bo‘shliqlar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Bolalarda kuzatiladigan tutqanoq xurujining klinikasi asosan kasallikning keltirib chiqargan omil bilan bog‘liq. Shunga qarab tutqanoq xuruji ayrim (lokal) guruh mushaklarida yoki tananing hamma mushaklarida (diffuz holda) kuzatilishi mumkin.

Kasallikning ilk belgilaridan biri bemor hushining o‘zgarishi bo‘lib, u karaxtlik, prekomatoz (koma oldi holati) yoki komatoz holida kechishi mumkin.

Tutqanoq xuruji yurak, nafas olish a’zolarining faoliyatining buzilishi bilan boshlanishi esa bemorda yurak-qon tomir va o‘pka kasalliklari borligidan dalolat beradi. Qon, peshob, orqa miya suyuqligining laboratoriya tekshiruvi natijalari bemorda infeksion, buyrak, markaziy asab tizimining va boshqa tizimlar kasalliklari borligini tasdiqlaydi.

Markaziy asab tizimining zaharlanishiga xos bo‘lgan lokal, diffuz belgilar, ko‘z tubida, bosh miya qutisining rentgenogrammasida aniqlangan o‘zgarishlar tutqanoq xurujining tavsifini, uning mahalliy yoki – diffuzligi, hamda kasallikning sababini to‘g‘ri aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Detserebratsion taranglanishni eslatuvchi tonik holda kechuvchi tutqanoq xuruji spazmofiliyaga, tonik va klonik kechuvchi lokal tutqanoq xurujlari bosh miyani ayrim bo‘lagining zararlanishiga xos bo‘ladi.

Bolalarda kuzatiladigan tutqanoq propulsiv, retropulsiv va impulsiv nomli guruhlarga bo‘linadi.Mahalliy xurujlarga quyidagilar kiradi: Jekson xuruji – bosh miyadagi oldingi va orqa markaziy egat sohasi qo‘zg‘alganda ro‘y beradi. Bunda mahalliy klonik tortishuv yoki mahalliy pares­teziya kuzatiladi. Adversiv xuruj – premator soha qo‘zg‘atilganda kuzatiladi va bosh hamda ko‘z majburiy bir tomonga burilishi bilan kechadi.

Kelib chiqish sababiga ko‘ra – somatogen (ichki xastaliklar sababli) va serebral (bosh miya shikastlanishi sababli) xurujlar tafovut etiladi. Agar xuruj somatik kasalliklar natijasida ro‘y bersa bemorda asosiy kasallik belgilaridan tashqari nev­rologik holatda organik belgilar bo‘lmay faqat bosh miyaning umumiy zararlanish belgilari kuzatiladi.

Agar tutqanoq xuruji asab kasalliklari natijasida ro‘y bersa, unda kasalliklarga xos bo‘lgan nevrologik belgilar (mahalliy va umumiy) kuzatiladi. Masalan: meningitda meningial belgilar, ensefalitda harakat, sezgi o‘zgarishlari, bosh miya o‘smasida o‘sma o‘sayotgan sohaning zararlanish belgilar va hakozo.

Yana o‘qing:  Anjir – ming dardga davo

Latofat ZIYAXODJAYEVA,

ToshPTI Nevrologiya, bolalar nevrologiyasi va tibbiy genetika kafedrasi dotsenti,

Farangiz DONIYOROVA,

Dilfuza NOSIROVA,

assistentlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: