Miyani quvvatlantirish uchun 5 ta foydali mashg‘ulot

Yoz – ta’til va dam olish davri. Hordiq esa miyani quvvatlantirish, ruhga orom berishning ayni davri. Ilmiy izlanishlar inson miyasi va ruhiyati uchun foydali faoliyat turlari, vaqtdan salomatlikni tiklashda unumli foydalanish usullari haqida aniq-tiniq ma’lumot bermoqda. Siz ham bo‘sh vaqtingizda quyidagi amallarga odatlaning.

Video o‘yinlar o‘ynash

Video o‘yinni ko‘pi zarar. Buni avvalboshdanoq aytib qo‘yish joiz.

Video o‘yinlarni o‘ynash chog‘ida miyadagi nevrologik jarayonlarda yaxshilanish kuzatiladi. Buning barchasi xursandchilik, ishqibozlik tufayli ajralib chiqadigan adrenalin moddasi bilan bog‘liq.

Shu bilan birga, ruhiyatda “diqqatni yo‘naltirish” holati mavjud. Bu jarayon ham miya faoliyati uchun foydali. Diqqatni biror harakatga qaratish miya muskullariga dam beradi. Vaqt o‘tishi bilan diqqatni jamlay olmaslik mulohaza qilish, xotira bilan bog‘liq xastaliklarni keltirib chiqaradi.

Mutolaa va televizor tomosha qilish

Mutolaa qilayotgan odam uchun tashqi ta’sirlar ahamiyatini yo‘qotadi: uning kitob olamidagi sayohati yosh bolaning chinqirayotgani, ko‘cha shovqini, mashinalar ovozi, texnika ovozidan ustun keladi.

Insonning uzoq umr ko‘rishi uning miya faoliyati bilan ham, aniqrog‘i miyaning ruhini boshqarishi, bilim doirasining kengligi bilan bog‘liq. Inson mutolaa qilib fikr qilgani, uning idroki ishlagani sayin miya faoliyati ham yaxshilanadi.

Sport bilan shug‘ullanish

Sportning deyarli barcha turi bizning ruhiyatimiz uchun shifobaxshdir. Misol uchun, ruhshunoslar tennis bilan shug‘ullanish tushkunlik simptomlariga qarshi kurashishini ko‘p aytishadi.

Inson miyasi raqobatga kirishishni, musobaqada ishtirok etishni yaxshi ko‘radi. Agar uyda, tushkun va zerikkan holatda o‘tirgan bo‘lsangiz, tushkunlik signallari sizning miyangizning limbik tizimi, ya’ni emotsiyalarni boshqaruvchi qismiga ta’sir qiladi va xursandchilik, quvvatni so‘radi.

Sport ham, ish faoliyati ham inson miyasini bu salbiy ta’sirlardan himoya qiladi.

Sayr qilish

So‘nggi yillarda atrof-muhit ruhiyati degan ushuncha paydo bo‘ldi. Ya’ni, tabiat, yashillik, tog‘lar ham inson miyasi, ruhini tinchlantiruvchi muhim omillar ekani ilmda isbotini topdi.

Misol uchun, tabiat qo‘ynida bo‘lish inson miyasidagi salbiy rejalarni, jinoyatga moyillikni kamaytirar ekan. Ayniqsa, daraxtzorda, o‘rmonda sayr qilish esa qon bosimi faoliyatini yaxshilaydi.

2008 yilda o‘tkazilgan tadqiqotda ikki guruh ishtirok etib, ularning biri shaharda, boshqasi shahardan tashqarida bo‘lgan tabiat qo‘ynida sayr qilishadi. Natijalardan malum bo‘ldiki, tabiat qo‘ynida sayr qilgan guruhdagilarning ruhiyati ko‘proq sog‘lomlashib, bu ularning idrok doirasiga ham ijobiy ta’sir qilgan.

Yana o‘qing:  Ukropning shifobaxsh xususiyatlari

Hatto, tabiat manzarasi aks etgan suratlarni tomosha qilish ham tanaga tabiat qo‘ynida sayr qilgandek yaxshi ta’sir ko‘rsatar ekan.

Yugurish

Bryus Li yugurishni “mashqlar qiroli” deb atagan. U to‘g‘ri aytgan ekan. Yuguruvchilar ham ruhiy, ham jismoniy jihatdan baquvvat bo‘ladilar. Yugurish asab tolasi va miya to‘qimalarining yuqori darajada rivojlanishiga xizmat qiladi.

Ma’lum bo‘lishicha yugurish, tosh ko‘tarish, yuqori intensivli aerobik mashqlar insonning asab tizimini mustahkamlab, qon aylanishini yaxshilar va miyaning ishlash samaradorligini oshirar ekan.

Har kuni 1 soat yugurish – salomatlik va uzoq umrning siri ekan.

Manba: sof.uz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: