Bolalarni jazolash orqaligina tarbiyalab bo‘lmaydi
Vyursburg universiteti olimlari o‘tkazgan yangi tadqiqot qattiq jazolash salbiy xulq-atvor shakllanishiga sabab bo‘lishini ko‘rsatdi. Shuning uchun bolalarni jazolash yo‘li bilan tarbiyalash tavsiya etilmaydi, deb yozadi The Daily Mail nashri.
Tadqiqotda qatnashgan bolalar oddiy topshiriq bajarishdi. Ular yuqori yoki pastga yo‘naltiruvchi tugmalarni bosib, ekrandagi raqamlarni beshdan katta yoki kichik ekanini aytib turdi. Ishtirokchilar tugmalardan birini bosganda past darajadagi elektr zarbasini his qilishdi. Tadqiqotchilar bolalar “xavfli” tugmalarni sekinroq bosadi deb o‘ylashgandi, lekin buning aksi bo‘lib chiqdi.
Shundan so‘ng olimlar yana o‘xshash tajriba o‘tkazdi. Endi qatnashchilar birinchi tugmani bosgan paytda kuchsiz, ikkinchi tugmani bosganda esa kuchliroq elektr zarbasini sezishdi. Ular birinchi tugmani tezroq bosishdi. Shundan keyin tadqiqotchilar yomon hulq-atvorni har doim ham jazolash orqali tuzatib bo‘lmaydi, degan xulosaga kelishdi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.