Tavsiyalar

Tish cho‘tkasini to‘g‘ri tanlang!

Tish cho‘tkasi – og‘iz gigiyenasida muhim o‘rin tutadi. Shu sababli uni to‘g‘ri tanlash zarur. Tish tozalagich ushlash uchun qulay, tish yoki milkning shikastlangan joylariga zarar yetkazmaydigan darajada yumshoq bo‘lishi, tola qismi o‘lchami foydalanuvchining og‘iz bo‘shlig‘i katta-kichikligiga mos tushishi kerak. Tish cho‘tkasini har 3-4 haftada yangilash tavsiya etiladi. Hozircha fanda elektrli tish cho‘tkasi oddiysidan foydaliroq ekanligi isbotlangani yo‘q, lekin u tozalash jarayonini yengillashtira oladi.

Tishni qanday tozalagan ma’qul?

Tishni har kuni kamida ikki marta: ertalab nonushtadan keyin, kechqurun uxlashdan oldin tozalash kerak. Cho‘tka 45 daraja qiyalikda ushlanib, tishning tashqi va ichki yuzasi tozalanadi. Orqadagi tishlar qolib ketmasligiga e’tibor qaratish zarur. Bundan tashqari, til ham tozalanishi darkor. Chunki, unda ham ko‘p miqdorda mikrob yig‘iladi va og‘izdan badbo‘y hid kelishiga sabab bo‘ladi. tishlarni oldin pastasiz, keyin ftorli pasta bilan tozalash tavsiya etiladi.

Qanday ovqatlar tishga zarar yetkazadi?

Bir kunda uch marta sabzavot va mevalar bilan ovqatlanishga muntazam ravishda rioya qilinsa, tishlar sog‘lom bo‘ladi. Shirinliklar tishga eng ko‘p zarar yetkazadi. Chunki, ular tishlarga yopishib qoladi va ular orasida uzoq qolib ketadi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Fergyuson faoliyatini yakunladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: