Ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligi yurt taraqqiyotiga xizmat qiladi

Xotin-qizlar jamiyatimizning teng huquqli a’zosi sifatida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tobora muhim o‘rin egallamoqda.

Yurtimizda oilalarni yanada mustahkamlash, unda ahillik va o‘zaro hurmat muhitini yaratish dolzarb masalalardan biriga aylangan. Oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish borasida yo‘lga qo‘yilgan tizim asosida O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan joylarda amaliy ishlar olib borilmoqda. Qilingan ishlar natijasida 2017 yilning o‘tgan davri mobaynida respublika bo‘yicha 11 ming 219 ta oilaviy ajrimlarning oldi olinishiga erishildi. Sud ijrochilari bilan hamkorlikda 12 ming 734 nafar fuqaroning aliment to‘lashi ta’minlandi.

Shuningdek, hududiy xotin-qizlar qo‘mitalari qoshida jamoatchilik asosida “Oila” maslahat markazlari tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad turli muammolarga uchragan fuqarolarga psixologik, ijtimoiy va boshqa yo‘nalishlarda amaliy yordam ko‘rsatish, ishonch telefonlari orqali muammoli vaziyatlarga tushib qolgan barcha oila a’zolarining ruhiy holatini sog‘lomlashtirishda tegishli mutaxassislar tomonidan maslahat berilishini ta’minlashdan iborat.

– Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida qo‘mita vakillari respublika bo‘yicha 4 million 670 mingga yaqin xonadonga kirib, qariyb 13,6 million nafar aholi vakillari bilan bevosita muloqot o‘tkazdi. Shuningdek, respublika bo‘yicha 3 ming 848 ta tibbiyot, 15 mingdan ziyod ta’lim muassasasi faoliyati ham chuqur o‘rganildi. Aholi vakillari bilan muloqot jarayonida ular tomonidan 839 mingta turli sohalarga doir muammolar ko‘tarildi, – deydi O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi mutaxassisi Zebo Nurmonova. – Muammolarning aksariyati aholi bandligi, ish haqi va pensiyalar, bankdan kredit olish hamda sog‘liqni saqlash tizimiga oid bo‘lib, aniqlangan kamchiliklar mahalla va viloyat darajasidagi dasturlarga kiritildi. Bugungi kunda ularning ijrosini ta’minlash nazorat ostiga olingan.

Bugun mamlakatimizda tadbirkorlik bilan shug‘ulanayotgan ayollarimiz soni kengayib bormoqda. Ular faoliyatini keng rivojlantirish maqsadida hukumatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratilmoqda. Ayollar bandligini ta’minlash, ular uchun doimiy ish joylari yaratish, oilaviy biznes, kasanachilik, hunarmandchilik, tomorqa xo‘jaligini keng rivojlantirish kabi masalalarga ham alohida e’tibor qaratilayotir.

2017 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra xotin-qizlar uchun respublika bo‘yicha 408 ming 94 ta ish o‘rni yaratildi.

Ushbu yilning iyun oyida qo‘mita tomonidan “Jamiyatning rivojlanishida xotin-qizlar tadbirkorligining o‘rni” shiori ostida I Respublika tadbirkor ayollar biznes-forumi o‘tkazilib, unda 14 ta hududdan kelgan 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan 140 nafar tadbirkor xotin-qizlar ishtirok etdi. Qatnashchilar “Tashabbuskor tadbirkor ayol”, “Muruvvatli tadbirkor ayol”, “Eng ko‘p yoshlarni ish bilan ta’minlagan ayol tadbirkor” kabi bir qator nominatsiyalar bo‘yicha diplom bilan taqdirlandilar. Bu qilinayotgan ezgu ishlarning bari jamiyatimizda xotin-qizlarning mavqei, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Yana o‘qing:  Oila bir chamanzor guliston ichinda

Charos XUSHVAQTOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: