Yunusobod tumanida yana bir istirohat bog‘i barpo etiladi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Bo‘zsuv kanali bo‘yida barpo etiladigan ushbu bog‘ loyihasi bilan tanishdi.

Bog‘da kitob o‘qish uchun maxsus joylar, favvoralar, amfiteatr, ko‘rgazma pavilonlari, sport va sog‘lomlashtirish zonalari, kamonchilar va havaskor baliqchilar klublari tashkil etiladi, zamonaviy attraksionlar o‘rnatiladi. Bog‘ hududga tutash Shahidlar xotirasi xiyoboni bilan o‘zaro uyg‘unlik kasb etadi.

Shavkat Mirziyoev bu yerni madaniyat va ma’naviyat maskaniga aylantirish, yoshlar, kitobxonlar uchun barcha sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Bog‘ni barpo etishda tabiiy relyefdan oqilona foydalanish, turli daraxt va gulzorlarni ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi.

Anvar Samadov,

O‘zA

Yana o‘qing:  O‘zbekiston va Qozog‘iston yangi yo‘l bilan tutashadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: