Bolalik davridagi uyqu yetishmovchiligi organizmga zarar yetkazadi
Prinston universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlar bolalik davridagi uyqu yetishmovchiligi hujayralarning tez qarishiga sabab bo‘lishini ko‘rsatdi. Hozircha olimlar uyqu rejimini tiklash orqali qarish jarayonini ortga qaytarishning iloji bor yoki yo‘qligini aniqlay olgani yo‘q.
20 yildan ortiq vaqt davomida ko‘plab oilalarda tekshiruv o‘tkazildi. Olimlar bolalarning uyqu rejimini tahlil qilib ko‘rishdi. Ma’lum bo‘lishicha, 7-8 soatlik uyqu hujayra umrini belgilovchi telomerlarning qisqarishiga olib keladi. Telomerlar qancha qisqa bo‘lsa, organizm biologik nuqtai nazardan shunchalik qari bo‘ladi. 9-11 soat uxlaydigan bolalarda esa bunday o‘zgarishlar sodir bo‘lmagan.
Bolalar sog‘lom ulg‘ayishi uchun, ularning uyqu rejimini nazorat qilib turish kerak.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.