Spirtli ichimliklar saraton xavfini oshiradi

Olimlar kuniga ikki qadahdan spirtli ichimlik iste’mol qilish ichak va qizilo‘ngach saratoni xavfini 21 foizga oshirishini aniqladi. 4 qadahdan ortiq ichadiganlar esa me’da osti bezi, jigar va oshqozon saratoniga ko‘p duch keladi, deb xabar beradi The Daily Mail nashri.

Mutaxassislar ichak, me’da osti bezi va jigar saratoni yiliga 3 milliondan ortiq odamning o‘limiga sabab bo‘lishini eslatib o‘tdi. Saratonning bu turlari onkologik kasalliklar tufayli vafot etganlarning har uchtadan bittasiga to‘g‘ri keladi.

Mutaxassislar kasallikdan himoyalanishga yordam beradigan uch omilni topishdi: mevalar, baliq maxsulotlarini ko‘p iste’mol qilish va shirin ichimliklardan foydalanmaslik saraton xavfini 86 foizga kamaytiradi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: