Tennis bo‘yicha Osiyo ochiq turniri qizg‘in pallada

Poytaxtimizdagi “Kamolot” sport klubida 12-14 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan tennis bo‘yicha Osiyo ochiq turniri qizg‘in pallaga kirdi.

Musobaqada mezbonlar bilan birgalikda Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan 80 nafar sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.

Mamlakatimiz sharafini Lutfiniso Ahmedova, Mohira Alimova, Darya Kornilova, Munisa Ashurbekova, Fayzullo Mirzag‘aniyev, Samandar Abdumalikov, Rasul Nurmuhamedov kabi iqtidorli tennischilarimiz munosib himoya qilmoqda.

Juftlik bahslarida g‘oliblar nomi aniq bo‘lgan bo‘lsada, yakkalik bahslaridagi g‘olib va sovrindorlar nomi ertaga ma’lum bo‘ladi.

Qizlar o‘rtasida 1-o‘rin uchun Lutfiniso Axmedova Anna Xaykis bilan kortga tushadi. 3-o‘rin egasi Angelina Folts va Darya Kornilova uchrashuvida ma’lum bo‘ladi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida g‘olib nomi Abbos Sodiqov hamda Maksim Shin uchrashuvida aniqlanadi. 3-o‘rin kimga nasib etishi, Samandar Abdumalikov va Rasul Nurmuhammedovlar bahsida oydinlashadi.

N.NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  FOND faoliyatidan (2014/38)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: