Diareyadan saqlaning!

Bolalarda diareya, ya’ni ich ketishi yozning issiq kunlarida ko‘p uchraydi. U tana harorati ko‘tarilishi, ko‘ngil aynishi, qusish va ich ketishi bilan boshlanadi. Uzoq vaqt tez-tez ich ketishi oqibatida tana quruqlashadi. Qon aylanishi hamda yurak va miya faoliyati buziladi. Bu esa bola hayotini xavf ostiga qo‘yadi.

Shifokor kelguniga qadar bemor bolaga ko‘proq qaynatilgan suv ichirish kerak. Shu bilan birga, guruch qaynatmasi, ko‘k choy, anor po‘chog‘i qaynatmasi, gazsiz ma’danli suv yoki qatiq ichirish maqsadga muvofiq. Bolaga suyuqlikni oz-ozdan, tez-tez berish lozim. Suyuqlikni birdaniga ko‘p ichirsangiz, qayt qilishi mumkin. Ikki yoshli bolaga har safar ichi ketganda yarim piyola, undan kattarog‘iga bir piyola suyuqlik ichirganingiz ma’qul. Ichi ketayotgan bolaga gazlangan shirin ichimliklarni berish mumkin emas.

Shirin taomlar va ichimliklar ich ketishini yanayam kuchaytirishi mumkin. Ich ketishi oqibatida bola suyuqlik bilan birga zarur oziq moddalarni ham yo‘qotadi. Shuning uchun uni tez-tez ovqatlantirib turing. Agar bola och qolsa, battar holi qurib qoladi. Ovqatlar qaynatib pishirilsa, oson hazm bo‘ladi, me’da-ichak yo‘lini zo‘riqtirmaydi. Ichi ketayotgan bolaga qovurilgan, dudlangan ­taomlar va shirinliklar bermang.

Bemor go‘dakni onalar odatdagidan ko‘proq va uzoqroq emizishi kerak. Ona sutida zarur oziq moddalar va suyuqlik bilan birga kasallikka qarshi omillar ham bo‘ladi. Vrach maslahatisiz bolaga zinhor antibiotik bermang, chunki bilib-bilmay berilgan antibiotiklar uning ahvolini og‘irlashtirishi mumkin.

Xomligicha iste’mol qilinadigan sabzavot-mevalar, oshko‘klarni bolaga berishdan avval vodoprovod suvida, keyin esa qaynatilgan suvda yaxshilab chayish kerak. Orastalikka amal qilish ham diareyaning oldini oladi. Ovqat yeyishdan oldin va hojatdan keyin bolaning qo‘llarini sovunlab yuvishga odatlantiring. Ota-ona bolada yuqorida aytilgan belgilarni sezishi bilan o‘z bilganicha dori-darmon qilmasdan mutaxassis shifokorga murojaat etib, uning maslahatiga qat’iy rioya qilsa, diareya (ich ketishi)ning oldi olingan bo‘ladi.

Nigora ERGASHEVA,

bolalar shifokori, pedagog

Yana o‘qing:  Tibbiy turizm: o‘zimizda...barchasidan a’lo

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: