Ma’muriy sudlar faoliyat boshladi

Sud tizimining bosqichma-bosqich demokratlashtirilishi, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qiladigan sud hokimiyatining mustaqilligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy tamoyilga qat’iy rioya etilishi mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar asosini tashkil etadi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, ularning odil sudlovga erishish darajasini, sud ish yurituvining samaradorligi va sifatini oshirish, nomzodlarni tanlash va sudyalik lavozimiga tayinlash tizimini yanada takomillashtirish sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim yo‘nalishlari sifatida belgilangan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 21 oktyabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2017 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari asosida joriy yil 1 iyundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudlari birlashtirilib, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi, joylarda ma’muriy sudlar faoliyat boshladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunlariga muvofiq, 2017 yil 1 iyundan boshlab ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolar va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati yangi tashkil etilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) ma’muriy sudlariga o‘tkazildi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ma’muriy sudlar sudloviga taalluqli bo‘lib, unga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida nazarda tutilgan barcha ishlar, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolar toifasiga kiradigan ishlar kiradi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini buzuvchi xatti-harakatlar va qarorlar ustidan berilgan shikoyatlar, saylov komissiyasining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlar, notariusning yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organlari harakatlarini bajarishni rad etgani yoxud ularni noto‘g‘ri bajargani ustidan berilgan shikoyatlar, prokurorning huquqiy xujjatni g‘ayriqonuniy deb topish to‘g‘risidagi arizasi, vakolatli organning jismoniy va yuridik shaxslar manfaatini ko‘zlab berilgan arizalari, davlat organining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish haqidagi arizalar ham ma’muriy sudlar tomonidan ko‘riladi.

Yana o‘qing:  Kasb mahorati: tajriba va amaliyot

Xo‘jalik protsessual kodeksiga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgunga qadar ushbu Kodeks 24-moddasining 9-bandida ko‘rsatilgan, ya’ni davlat organlari va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish idoralarining qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish, mansabdor shaxslarning shunday harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish to‘g‘risidagi nizolar xo‘jalik sudlari (hozirda iqtisodiy sudlar) tomonidan ko‘rib chiqilar edi.

Bugungi kunda viloyatimizda ham bir nafar rais va 3 nafar sudyadan iborat Samarqand viloyat, bir nafar rais va bir nafar sudyadan tarkib topgan Samarqand shahar hamda har birida bir nafardan rais faoliyat ko‘rsatadigan 15 tuman, shahar ma’muriy sudlari ish boshladi. Shuningdek, har bir sudya uchun bir nafardan, jami 21 sud yordamchisi shtati joriy etildi.

Roziq Imomov,

Samarqand viloyati ma’muriy sudi sudyasi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: