Smartfonga qaramlik atrofdagilar uchun salbiy ta’sir ko‘rsatadi
Fabbing – suhbatdoshi bilan gaplashayotgan paytda muntazam gadjetga e’tibor qaratish odati. Beylor universitetida o‘tkazilgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, yaqin kishilari fabbingga moyil odamlarda stress va og‘ir ruhiy kayfiyat yuqori bo‘lishi aniqlandi. Bundan tashqari ular ko‘pincha o‘zlarini kerakli deb his qilishi uchun ham smartfon va ijtimoiy tarmoqlarga murojaat qilishar ekan.
Mutaxassislar 330 dan ortiq odamni so‘rovdan o‘tkazdi. Ma’lum bo‘lishicha, yaqin insonlari fabbingga moyil bo‘lgan qatnashchilarning 50 foizi har kuni 1,5 soatdan ortiq vaqtini smartfondan foydalanib o‘tkazadi, ijtimoiy tarmoqqa esa kamida 90 daqiqa sarflaydi. Ishtirokchilarning uchdan bir qismi ijtimoiy tarmoqlarga yangi odamlar bilan muloqot qilish uchun kirishadi.
Qatnashchilarning 50 foizi ijtimoiy tarmoqlar ularning hayot tarzini yaxshilashini ta’kidladi. Tadqiqot ishtirokchilari o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi qaydlariga javoban yozilgan bildirishnomalar o‘qib, bizni boshqa odamlar yaxshi qabul qilyapti deb hisobladi. Tadqiqot natijalari olimlarni tashvishga solyapti. Ularning fikricha, odamlar smartfonlardan boshqalar bilan birgalikda foydalanishlari kerak ekan.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.