Bolalar yaxshi fazilatlarni osonroq o‘rganadi
Vestminster, Bern va Vena universiteti tadqiqotchilari 6 yoshdan 11 yoshgacha farzandlari bo‘lgan 418 ta oilaning ma’lumotlarini tahlil qilib chiqishdi. Ota-onalar farzandlarida qimmatbaho narsalarga havas uyg‘otishga harakat qilishgandi. Mutaxassislar buning natijalarini o‘rganib ko‘rishdi.
Ishtirokchilarga bolalar va o‘smirlarning suratlari ko‘rsatildi. Har bir suratning tagida turli jumlalar yozilgandi. Masalan, “Unga boy bo‘lish muhimroq. U qimmatbaho narsalari va puli ko‘p bo‘lishini xohlaydi”. Olimlar qatnashchilardan o‘zlarini suratdagi odam bilan taqqoslagan yoki taqqoslamaganini surishtirdi. Bundan tashqari ota-onalardan ham “farzandingiz suratdagi insonga o‘xshashini istasizmi?” degan savol berildi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra farzandlari g‘amxo‘r va mehribon bo‘lib ulg‘ayishini xohlaydigan ota-onalarning farzandlari haqiqatan ham shunday xislatlarga ega bo‘lishi aniqlandi. Aksincha, obro‘-e’tibor va yutuqlarga erishishga undagan ota-onalarning farzandlarida bunday holat juda kam sodir bo‘ldi. Onalar odatda bolalarini g‘amxo‘r va mehrli bo‘lishga o‘rgatadi, otalar esa farzandini moddiy yutuqlarga, obro‘-e’tiborga erishishini xohlaydi.
Mutaxassislarning fikricha, ijtimoiy qadr-qimmatni muhim hisoblaydigan ota-onalar farzandlarining ehtiyojlari haqida ko‘proq qayg‘uradi va ular bilan yaqin munosabatda bo‘lishadi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.