Kollejda ixtiolog mutaxassislar tayyorlanadi

Prezidentimizning 2017 yil 1 maydagi “Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Jizzax viloyatidagi Arnasoy transport va qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejida 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab ixtiolog (baliqchilik) yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

Mamlakatimizdagi eng yirik tabiiy suv havzalaridan bo‘lgan Aydar-Arnasoy ko‘llari tizimining 207 ming gektari Jizzax viloyati hududiga to‘g‘ri keladi. Keyingi yillarda ushbu ko‘llar tizimidagi suv havzalarida baliqchilik xo‘jaliklari soni ko‘payib, baliq ovlash hajmi ortayotir.

Ko‘llar tizimining Jizzax viloyati hududidagi suv yuzasining 176 ming gektarini 100 dan ziyod baliqchilik xo‘jaligi ijaraga olgan. Yiliga o‘rtacha 7-8 ming tonna baliq ovlanadi.

Aydar-Arnasoy ko‘llarida baliqchilikni rivojlantirish bilan birga, ekologik muvozanatni saqlash, tabiiy resurslardan to‘g‘ri va tejamkorlik bilan foydalanish baliqchilik sohasi mutaxassislariga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Prezidentimizning joriy yil 1 maydagi «Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida Aydar-Arnasoy ko‘llari tizimidan yanada samarali foydalanish, baliq yetishtirish, ovlash va qayta ishlashni kengaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqish va uni amalga oshirish bilan birga, soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Shu maqsadda qarorda Toshkent davlat agrar universitetida baliqchilik fakulteti, Arnasoy transport va qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejida ixtiolog yo‘nalishini tashkil etish belgilangan.

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida kadrlar, shuningdek, baliqchilik tarmog‘i uchun ilmiy tadqiqotchilar, ixtiolog mutaxassislar tayyorlashning o‘quv rejasi va dasturlarini takomillashtirish, yangilash, kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun Arnasoy transport va qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejining moddiy-texnik imkoniyatlari yetarli.

2008 yilda tashkil etilgan kollej 450 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi va 50 o‘rinli yotoqxonaga ega. Kollejda 3 yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlanadi. 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab kollej bazasida baliqchilik tarmog‘i uchun kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish bilan birga, ta’lim jarayonida ham jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Yangi yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlash Toshkent davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda olib borilayotir.

– Qaror asosida 2017-2018 o‘quv yilida kollejimizga ixtiolog mutaxassisligi bo‘yicha 30 o‘quvchi qabul qilinadi, – deydi Arnasoy transport va qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji direktori A.Sharipov. – Baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, aholini yuqori sifatli parhez mahsulot bilan ta’minlash maqsadida maxsus ma’lumotga ega kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yana o‘qing:  SAMARQAND ShAHRIGA SAYOHAT

Toshqul Beknazarov,

O‘zA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: