O‘zbekiston fuqarolari qanday haroratda ishlamaslikka haqli?

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi g‘ayrioddiy issiq havoda ishchilarni mehnatdan vaqtincha ozod qilish masalasi bo‘yicha quyidagilarni e’lon qilgan.

O‘zbekiston bosh sanitar shifokori tasdiqlagan ishlab chiqarish birlashmalari mikroiqlim sanitar-gigiyenik me’yorlariga ko‘ra, ishlab chiqarish muhitida meteorologiya yoki mikroiqlim sharoitlari quyidagilardir: havo harorati, havoning nisbiy namligi, havoning harakatlanish tezligi va qizigan uskunalardan chiqadigan haroratga oid ko‘rsatkichlardir.

Ushbu omillarni hisobga olgan holda, yopiq binolarda amalga oshiriladigan yengil jismoniy ishlar uchun yilning sovuq va o‘tish davridagi optimal mikroiqlim ko‘rsatkichlari quyidagicha bo‘lishi lozim: havo harorati — 20-23 daraja, havo nisbiy namligi — 40-60 foiz, havo harakati tezligi ko‘pi bilan 0,2 m/sni tashkil etishi kerak. Ayni vaqtda, havo harorati 19-25 daraja, nisbiy namlik 75 foizdan ko‘p bo‘lmagan, havo harakati tezligi 0,3m/sdan oshmasligiga yo‘l qo‘yiladi.

Og‘ir ish sharoitlarida, havo haroratining maqbul me’yorlari 4-5 daraja, yo‘l qo‘yiladigan me’yorlar bo‘yicha 6 daraja past bo‘lishi kerak. Yilning issiq davrida, havo haroratiga oid me’yorlar 2-3 darajaga ko‘p bo‘lishiga ham ruxsat beriladi.

Mazkur mikroiqlim me’yorlarini ishlab chiqarishdagi texnologik jarayon yoxud iqtisodiy jihatdan ta’minlash imkoni bo‘lmagan sanoat inshootlarida ishchilarning qizib ketishi yoki sovub ketishiga qarshi choralar ko‘rilishi kerak.

Xususan, ishchi atrofidagi havoni sovutish tizimi, havo dushi, dam olish va isitish xonalari, o‘ta yuqori va past havo haroratidan himoya qiluvchi maxsus kiyim, shaxsiy muhofaza anjomlari, ishdagi dam olish vaqtlari kabilar shular jumlasidan. Issiq urishiga qarshi choralar sifatida, qurilmalar va to‘sib turuvchi qoplamalarining tashqi harorati 45 darajadan oshmasligi kerak.

Quyosh urishidan qanday saqlanish kerak

Bundan tashqari, Mehnat qonunchiligiga ko‘ra, barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlar yaratilishi lozim. Shu bilan birga, ayrim turdagi ishlarni bajaruvchilarga, mehnat sharoiti, sog‘liqqa ta’siri va boshqa holatlardan kelib chiqqan holda, shartnomaga muvofiq, ish haqi kamaytirilmagan holda, mehnat vaqti davomiyligini kamaytirishga ruxsat beriladi.

Ish vaqti quyidagi shaxslarga nisbatan ish haqi saqlangan holda kamaytiriladi:

18 yoshga yetmagan ishchilarga;

I va II guruh nogironlariga;

Noqulay mehnat sharoitlarida ishlovchilarga;

Jiddiy mazmunga ega ishlarda faoliyat yurituvchilar;

Davlat byudjeti tomonidan moliyalashtirilayotgan tashkilot va korxonalarda ishlayotgan 3 yoshgacha bo‘lgan farzandi bor ayollar.

Yana o‘qing:  Mahalla bilan sirlashib

Qonunchilikka ko‘ra, xavfli va noqulay mehnat sharoitlarida ishlayotganlar, sharoit darajasiga muvofiq qo‘shimcha ravishda 3-24 kungacha mehnat ta’tiliga chiqishlari mumkin.

Mehnat kodeksining 219 moddasida esa, ishchi o‘z salomatligi yoki hayotiga tahdid soluvchi ishni bajarishdan bosh tortishga haqli ekani belgilab qo‘yilgan.

Bu holatda, ishchi mehnat jarayonida uning salomatligi va hayotiga xavf soluvchi holat vujudga kelganidan ish beruvchini zudlik bilan ogohlantirishi kerak bo‘ladi. Bu holatlar tasdiqlansa, ish beruvchi ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi. Agar, zaruriy choralar ko‘rilmasa, ishchi toki uning sog‘lig‘i va hayotiga tahdid soluvchi holat bartaraf etilgunicha, ishlamaslikka haqli. Bu davr mobaynida, uning ish haqi saqlab qolinadi.

Manba: sof.uz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: