Asriy an’analarning zamonaviy qiyofasi
«O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi» jamg‘armasi YUNYeSKOning yurtimizdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan bu yilgi «Asrlar sadosi» festivalini kuzatib, uni qadriyatlarimizdan biri bo‘lmish o‘zbekona to‘yga qiyoslagim keldi. Zero, o‘zbek xalqi o‘z to‘ylarini aka-ukalarining hamkorligi, qarindosh-urug‘, mahalla hamda qishloqdoshlarining ko‘magi bilan o‘tkazadi.Jumladan, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Arxeologiya instituti Sarmishsoyning tabiiy yodgorliklarini YUNYeSKOning jahon madaniyati yodgorliklari ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida tavsiya berdi. Darhaqiqat, keng qamrovli festivalga Sarmishsoy darasi bejiz tanlanmadi. Maqsad ulug‘vor yodgorlikka dunyo ahlining e’tiborini tortishdir.
Buxoro viloyati.Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasida «O‘zbekiston madaniy va ma’naviy merosida me’moriy bitiklarning o‘rni: tadqiqot, kashfiyot va istiqbollar» mavzuida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Buxoro, Navoiy, Andijon, Namangan, Xiva va Qoraqalpog‘iston arxitektura epigrafikasi mavzuidagi oltita kitobning taqdimoti ham o‘tkazildi.
To‘y arafasida xonadon va uning atrofi obodonlashtiriladi. Buning uchun maslahat oshi uyushtiriladi. Aniq reja asosida har kimga vazifalar bo‘lib beriladi.
«Asrlar sadosi»ning asosiy tadbirlari 4-5 may kunlari Navoiy viloyatining bahor nafasi ufurib, borliq go‘zalligini ko‘z-ko‘z qilgan Sarmishsoy darasida bo‘lib o‘tdi. Lekin ungacha Toshkent, Buxoro va Navoiy shaharlarida ushbu san’at anjumaniga bag‘ishlab qator tadbirlar o‘tkazildi.
Toshkent shahri. 2 may kuni xalqaro «Biznes markazi»da «Barqaror rivojlanishda madaniyat sohasining hissasi» mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda barqaror rivojlanishga erishishda madaniyat sohasining roli va ahamiyati haqida o‘zaro fikr almashishdi. 2015 yildan keyingi davr taraqqiyot dasturiga madaniyat sohasini integratsiyalash masalalari bo‘yicha tavsiyalar ko‘rib chiqildi. Davra suhbatining xulosalari EKOSOSning (BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi) shu yili 1-26 iyulda bo‘lib o‘tadigan tadbiriga yuboriladi.
Epigrafika termini turli buyumlar(idish, kiyim, so‘zana)da ishlatiluvchi hattotlik san’atining barcha turiga nisbatan ishlatiladi. Ushbu tadbir «Asrlar sadosi-2011» doirasida nashr qilingan «Sharqona hattotlik va miniatyura namunalari» kitobi taqdimotining uzviy davomidir.
Shu taqdimot munosabati bilan mamlakatimizning tarixiy shaharlarida joylashgan dunyoga mashhur me’moriy obidalardagi mingga yaqin toshbitik-yozuvlar o‘rganilgandi. Bu ajdodlar merosini avlodlarga yetkazish va uni ommalashtirish hamda ushbu yozuvlarning yo‘qotilgan qismlarini qayta tiklashga munosib hissa qo‘shish edi. Eng muhimi, ushbu jarayonda hali o‘tmishning ochilmagan qirralari mavjudligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, Buxoroda «Mehr nuri» xayriya jamg‘armasi tomonidan qayta qurilgan va ta’mirlangan Bibi Orifa maqbarasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari «Mehr nuri» xayriya jamg‘armasining «Ma’naviy bilimlarni qo‘llab-quvvatlash dasturi» doirasida 20 nafar iqtidorli talabaga stipendiya va ma’naviy(diniy) bilim yurtlarining moddiy-texnik bazasini kuchaytirish maqsadida sertifikatlar topshirildi. Tadbirlarni tashkillashtirishda jamg‘armaga O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ko‘maklashdi.
Sarmishsoy darasi. 4-5may.Dara ham tabiat ham inson qo‘li bilan kelinchakdek bezatildi. Daralar orasida minglab mehmonlarni qabul qila oladigan mo‘jazgina shaharcha bunyod qilindi. Sarmishsoy yo‘llari tekislanib, asfaltlandi. Qir-adirlar dala gullari, lolayu lolaqizg‘aldoqlar bilan bezangan. Tabiatning mayin shabadasida baland qirlarda “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasining bayroqlari hilpiraydi. Tepaliklarda o‘rta asrlarga xos ulkan gulxanlar hozirlangan. Bir qir ostida oshpazlar shaharchasi, yana bir qir ostida hunarmandlarning ko‘rgazmasi tashkil etilgan. Milliy ruhda bezatilgan o‘tovlar hamda supalarga joylashgan turli viloyatlardan kelgan folklor — etnografik xalq ansambllarining kuy-qo‘shiqlari qadimiy dara uzra yangrab, saylga kelayotgan gurros-gurros mehmonlarning sho‘x-shodon kulgusiga uyg‘unlashib ketadi.
Karmanadan 30-35 kilometr uzoqlikdagi Qoratov tog‘ tizmalarining janubida joylashgan Sarmishsoyning eng katta boyligi qisqa muddatda ana shunday go‘zallikni yaratgan odamlari va qoyalarda saqlanib qolgan noyob tosh chizgilari, ya’ni petrogliflardir. Bu yerdagi 10 mingdan ortiq petrogliflar 6-7 ming yil oldin yashab o‘tgan ota-bobolarimizning ijodkorligi, yuksak aql-idroki va bunyodkorlik salohiyatini aks ettirib turibdi.
Karvon qo‘ng‘irog‘i.Daralar orasida «Buyuk ipak yo‘li» karvonini ma’joziy ma’noda ifodalab, bir qator tizilib o‘tayotgan tuya va otlar o‘tgan ajdodlarimizni, ularning turmush tarzini, orzu-intilishlarini yana bir bor esga olishga da’vat qiladi. Dastlab karvonda qadimiy liboslardagi san’atkorlar mumtoz kuylarni ijro qilib o‘tishdi. Ularning ortidan esa milliy naqshlar bilan jilo berilgan sandiqlar ortilgan tuyalar, ularning yonida otda sarbozlar va savdogarlar o‘tib borishardi. Bu manzara beixtiyor kishini o‘tgan davrlarga yetaklab, ajib bir kayfiyat bag‘ishlaydi.
Karvonboshilardan biri — «Saribel» naslchilik shirkat xo‘jaligi tuyakashi O‘rozcha Qo‘qonboyevni suhbatga tortdik:
– Shirkat xo‘jaligimizda 85ta tuya, ko‘plab zotdor otlarimiz va podalarimiz bor. Men tuyalarni shu qir-adirlarda boqaman. Bugun 15 ta tuyamizni karvonga qo‘shdik. Shahardan kelganlar karvonni ko‘rib ajablanishyapti. Men ularning hayratini ko‘rib qalbim g‘ururga to‘ldi.
Yana bir karvon yetakchisi Navoiy kon-metallurgiya kombinatidagi Mashinasozlik zavodi ishchisi Shavkat Hayitov shunday deydi:
– Biz azal-azaldan bu yerlarni juda qadrlaymiz, chor-atrof gul bilan burkangan paytda saylga kelamiz. Erta bahorda yomg‘ir sharros quyganida rasm chizilgan bu darani o‘zimizga boshpana qilib olardik. Soyabon o‘rnatib rasmlarga uzoq-uzoq tikilar edik.
Bu yerdagi qisqa vaqtdagi bunyodkorlik ishlari, go‘zal va ulug‘vor tadbir men kabi yuzlab odamlarning ko‘nglini chog‘ qilib yubordi.
Xorijliklar nigohida.Ushbu madaniyat festivaliga xorijiy davlatlar ham katta qiziqish bilan qarashmoqda. Bu yilgi festival doirasidagi anjumanga Fransiyadagi Luvr muzeyining «Sharqona madaniyat va san’at» bo‘limi rahbari, professor Rokko Ronte, Italiyadagi Rim La Sopensiya universitetining fan doktori Kruzko Fabritsio, Toronto(Kanada) universitetidan fan doktori Sximelpenek Van der Oy, YUNYeSKOning Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti professori Shani Mustofayev kabi olimlar nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada qatnashib, ma’ruza qilishdi. Shuningdek, Xitoydan «Jiang nan s dju» folklor jamoasi, mashhur turk qo‘shiqchisi Mustafo Sandal, Italiya qo‘shiqchisi Massimo Galfano kabi mashhur san’atkorlar ijrosidagi kuy va qo‘shiqlar yig‘ilganlar olqishiga sazovor bo‘lgan.
– Biz mana bir necha yildirki, «O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi» jamg‘armasi bilan hamkorlik qilamiz. faoliyatini yoritamiz. Biroq, «Asrlar sadosi» festivalida birinchi bor qatnashishim. Xalqingizning mehmondo‘stligi, samimiyati, san’atga, qadimiy qadriyatlarga muhabbati tahsinga sazovor, — deydi germaniyalik jurnalist, «Vsya Yevropa» gazetasining bosh muharriri Demina Galina. — Tadbir o‘zining keng qamrovli va ulug‘vorligi bilan meni hayratda qoldirdi. Hammasi keng tabiat qo‘ynida, o‘ziga xos tarzda bo‘layotgani kishiga zavq bag‘ishlaydi. Ijodkor sifatida shuni aytishim mumkin-ki festival haqida turkum maqolalar yozish niyatim bor. Darhaqiqat, «Asrlar sadosi» festivali O‘zbekistonning qadimiy an’analari va ko‘pqirrali san’atini butun dunyo ahliga yana bir bor namoyon etdi.
Etnografik – folklor jamoalari.Sarmishsoyga tikilgan o‘tovlarning qay biriga kirsangiz, soyabonli o‘zbekona supalardagi jamoalarga yaqinlashsangiz, xalq og‘zaki ijodining betakror namunalaridan birini tinglashingiz mumkin. Folklor etnografik xalq dastalari nafaqat kuy-qo‘shiqlari bilan, balki o‘ziga xos qadimiy milliy kiyimlari bilan ham e’tiborni tortdi.
Qoraqalpog‘istonlik Bekbergan Serimbetov, toshkentlik Mahfuza Boymirzayeva kabi san’atkorlar hamda «Xorazm» jamoasi, «Gavhar»(Andijon), «Sardoba»(Buxoro) «G‘uncha bolalar» (Navoiy) kabi jamoalar festival sovrindorlari bo‘ldilar.
– Ikki kun davom etgan festival qalblarga quvonch baxsh etish bilan birga ijodkorlar uchun cheksiz ilhom manbai bo‘lib xizmat qildi. O‘zaro tajriba almashdik, yangi do‘stlar orttirdik, — deydi festival sovrindori, surxondaryoliklik baxshi Safar Shaydilov.
Amaliy san’at. Festivalda amaliy san’at ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda 80 nafar hunarmand-ustalar ishtirok etishdi. Kulolchilik, kandakorlik, kashtado‘zlik, miniatyura, to‘qimachilik, yog‘och o‘ymakorligi ustalari o‘z mahoratini namoyish etishdi. Navoiylik Saodat Fayziyeva, namanganlik Anvar Malikov, toshkentlik Ikrom Karimov kabi o‘z ishining ustalari festival sovrindorlari bo‘lishdi.
Xalq o‘yinlari— ko‘pkari, milliy kurash, xo‘roz va qo‘chqor urishtirish, dorbozlar chiqishi, chavandozlar bellashuvi Sarmishsoyning asriy kengliklarini uyg‘otdi. Bepoyon kenglik go‘yo uchqur otlaru mohir chavandozlar uchun yaratilgandek.
Xalqimizning o‘ziga xos qadriyatlaridan biri to‘ylarda ushbu xalq o‘yinlarini tashkil qilinishidir. Bu gal festival g‘oliblariga tuya, ot va qo‘ylar sovg‘a qilindi.
Oshpazlar tanlovi. Mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan 16 nafar oshpaz pazandalik mahoratini namoyish etishdi. Bayram ishtirokchilari uchun ochiq osmon ostida mo‘jazgina oshxona bunyod etilib, u yer manqal, tandir va milliy o‘choqlar bilan jihozlandi. Olov uchun o‘tinlar taxlandi. Sumalak, halim, palov, tandir kabob, jo‘xorikurduk(jo‘xori unidan tayyorlanadigan taom) kabi milliy taomlarning xushbo‘y hidi kengliklarga yoyildi. Bellashuvda Navoiy viloyati, Karmana tumanidagi «Baxt» restorani bosh oshpazi Shuhrat Beknazarov va namanganlik Farhodjon Negmatov tayyorlagan taomlar ko‘pchilikka ma’qul kelib, ular sovrindor bo‘lishdi.
– Men O‘zbekistonga birinchi marta kelishim. Biroq, mamlakatingiz, jumladan, festival haqida juda ko‘p ma’lumotlarga egaman. Ishonsangiz xuddi ertaklar olamida kezib yurgandayman, – deydi rossiyalik jurnalist Anton Korobkov-Zemlyanskiy.
«Milliy liboslar namoyishi»daToshkent To‘qimachilik va yengil sanoat institutining boshlovchi dizaynerlari bilan bir qatorda «O‘zbekiston madaniyati va san’ati» forumi jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilib kelinayotgan turli festival va liboslar namoyishlarida bir necha yildan beri faol ishtirok etib kelayotgan dizaynerlar ham qatnashdi.O‘n to‘qqizta to‘plamda Buxoro, Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Andijon viloyati dizaynerlari tomonidan yaratilgan kattalar va bolalarning an’anaviy va zamon bilan uyg‘unlashgan milliy liboslari taqdim etildi. Shuningdek, Navoiydan uch to‘plam tavsiya qilindi. Ularning biri qadimiy Nurota kashtachiligi an’analari bilan uyg‘unlashgan. Ikki to‘plam esa Sarmishsoy petrogliflari, ya’ni toshchizgilari elementlari asosida yaratildi. Aytish mumkinki, milliy liboslar festivali yangi nomlarni kashf qildi. Ishtirokchilarni bir-biri bilan tanishib, o‘zaro tajriba almashishlariga imkoniyat yaratdi. Alisher Mirfayozov(Farg‘ona), Dilnoza Ahmedova(Toshkent), Gulbahor Qodirova (Navoiy) festival g‘olibi bo‘lishdi.
– Nurota kashtachiligi va Sarmishsoy tosh chizgilari usullaridan foydalanib, 7ta yo‘nalishdagi libos namunalarni namoyish qildim. Buning uchun Sarmishsoy toshchizgilarini chuqur o‘rgandim, — deydi Gulbahor Qodirova
«Asrlar sadosi» — qadriyatlar timsoli. Festivalning yakunlovchi tantanasini kuzatar ekanmiz, milliy qadriyatlarimizning boqiyligini yana bir bor his qildim. Salobatli tepaliklarda mash’alalar porlab, qorong‘u tunni yog‘duga burkadi…
Gala-konsertda mamlakatimizning mashhur san’atkorlari ishtirok etishdi. Konsert so‘nggida festival sovrindorlari tadbir tashkilotchilari tomonidan munosib taqdirlandi.
Ra’no Zaripova,
O‘zbekistonda xizmatko‘rsatgan jurnalist