Shaxmat: mintaqaviy saralash musobaqasi yakunlandi
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon kubogi va xotin-qizlar o‘rtasidagi jahon birinchiligida ishtirok etishga yo‘llanma beruvchi Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy saralash musobaqasi yakunlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, mamlakatimiz shaxmat federatsiyasi va Xalqaro shaxmat federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Afg‘onistondan ellikka yaqin shaxmatchi g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bordi.
Turnirning erkaklar o‘rtasidagi bahslarida Jahongir Vohidov shohsupaning birinchi pog‘onasidan joy egalladi va joriy yilning sentyabr oyida Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon kubogi musobaqasining final bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.